DxOMark laboratoriyasi mutaxassislari iPhone 12 Pro smartfonining frontal kamerasi ustida o‘tkazilgan sinovlar bo‘yicha xulosani taqdim etdi. Unga ko‘ra Apple flagmani 98 ball to‘plagan, jumladan suratga olish uchun 101 ball va video uchun 93 ball, deb yozadi IXBT.

Foto: IXBT

Bu smartfonga eng selfi uchun eng yaxshi modellar qatoridan yettinchi o‘rinni egallashiga yordam bergan: Huawei Mate 40 Pro (104 ball bilan 1-o‘rin), Huawei P40 Pro, Asus ZenFone 7 Pro, Samsung Galaxy S20 Ultra 5G, Huawei nova 6G va Samsung Galaxy Note 10+ 5G. Taqqoslash uchun, model iPhone 11 Pro Max va uning 92 ballidan ancha yaxshilangan.

Ta’kidlanishicha, umumiy hisobda iPhone 12 Pro’ning selfi-kamerasi yomon natija ko‘rsatmagan. Tasvir yetarli darajada aniq, faqat dinamik diapazon doim ham yetarli emas. Ranglarning uzatilishi yaxshi, biroq ranglar soyasi paydo bo‘lmoqda. Mayda detallar ham yomon ko‘rinmaydi, yetarlicha yoritilmagan joyda esa shovqin yetarlicha sezilarli.

Avvalroq DxOMark mutaxassislari iPhone 12 Pro Max’ning asosiy kameralari ustida o‘tkazilgan testlarning batafsil hisoboti bilan bo‘lishgandi. Unga ko‘ra, iPhone 12 Pro Max flagmani Apple’ning eng yaxshi “kamerafon”iga aylangan, biroq u DxOMark reytingida to‘rtinchi o‘rinni egallagan.