Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Belarus davlat xavfsizlik qo‘mitasi Nexta va Nexta Live Telegram kanallari asoschisi Stepan Putilo hamda nashr sobiq bosh muharriri Roman Protasevichni terrorchilik faoliyatiga aloqador jismoniy shaxslar ro‘yxatiga kiritdi.

Stepan Putilo

Stepan Putilo
Foto: Reuters

Ro‘yxatga jami 726 ta familiya kiritilgan. Putilo va Protasevich ushbu ro‘yxatda Belarus fuqaroligiga ega bo‘lgan dastlabki shaxslar, deyiladi Sputnik Belarus xabarida.

Foto: Nexta

Avval Belarus xavfsizlik qo‘mitasi jurnalistlarni Minskda ommaviy tartibsizliklar tashkillashtirish, hukumat vakillari va militsiyaga nisbatan ijtimoiy dushmanlik uyg‘otganlikda ayblagandi. Nexta Telegram kanali va uning logotipi Belarus hududida ektremistik materiallar deb e’lon qilingan.

Nexta — 2020-yil avgust oyida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlaridan keyin aholining norozilik namoyishlari boshlanishi natijasida ommaviylikka erishgan muxolifat resursi hisoblanadi. Nexta’ning tahrirriyati Varshavada joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, Belarusdagi prezidentlik saylovlari 9-avgust kuni o‘tkazilgan. MSK ma’lumotiga ko‘ra, Lukashenko 80,1 foiz ovoz bilan saylovlarda g‘olib deb topilgan. U mamlakatni 26 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Saylov kuni Minsk markazida harbiy texnika paydo bo‘lgan. Poytaxt Minskda prezident saylovidan keyin norozilik namoyishi boshlandi. Shundan buyon mamlakatda norozilik namoyishlari va namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun chiqishlar davom etmoqda. Shu kabi norozilik namoyishlarining birida Lukashenko o‘z qarorgohiga qo‘lida avtomat bilan uchib kelgan, uni to‘liq qurollangan o‘g‘li — Nikolay qo‘riqlagan.

Avval Aleksandr Lukashenko o‘g‘illarini o‘ziga voris sifatida tayyorlamayotganini ma’lum qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyaning Nyu-Yorkdagi bosh konsulligi binosi qizil bo‘yoqqa bo‘yaldi (video)
Dunyo
“Zelenskiy NATOga ariza topshirib, dunyoga uchinchi jahon urushini taklif qilmoqda” — Dmitriy Medvedev
Dunyo
“Biz muloqotga tayyormiz, ammo boshqa prezident bilan” — Zelenskiy Rossiyada prezident almashsagina muzokaralar stoliga qaytishini ta’kidladi