Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekiston 18-noyabr kuni Qirg‘izistonga navbatdagi gumanitar yordamni — 200 koyka-o‘ringa mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan shifoxona konteynerlarini yubordi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “O‘zbekiston temir yo‘llari”

Foto: “O‘zbekiston temir yo‘llari”

Konteynerlardan yuqumli kasalliklar shifoxonasini qurishda foydalaniladi. Ta’kidlanishicha, yaqin vaqtlar ichida Qirg‘izistonga shu kabi konstruksiyalarning yana bir partiyasini jo‘natish rejalashtirilmoqda.

Avvalroq O‘zbekiston Qirg‘izistonga tibbiyot vositalari va 3 ming tonna bug‘doy yuborgani to‘g‘risida xabar berilgandi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi Xusniddin Xasilovning ma’lum qilishicha, shuningdek, Qirg‘izistonga koronavirusga qarshi kurashda yordam ko‘rsatish uchun o‘zbekistonlik shifokorlarni ham yuborish rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 14-noyabr kuni Shavkat Mirziyoyev telefon orqali Sadir Japarov bilan strategik sheriklik munosabatlarini muhokama qilgandi. Shu bilan birga, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qirg‘izistonning barqaror rivojlanish yo‘lidagi intilishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlab o‘tgandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Qirg‘izistonga 2020-yilning aprelmayiyul oylarida ham insonparvarlik yordami jo‘natgan. Shuningdek, Farg‘ona viloyati Qirg‘izistonning Botken viloyatiga insonparvarlik yordami yuborgandi. Avgust oyida esa O‘zbekiston Qirg‘izistonga 560 ming dollarlik insonparvarlik yordami jo‘natgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Onlayn firibgarlik: fishing nima va undan qanday himoyalanish kerak?
Dunyo
Harbiy xizmatdan bosh tortganlik uchun 10 yilgacha qamoq: Putin safarbarlik yuzasidan qonun imzoladi
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak