Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Qirg‘izistonga 560 ming dollarlik insonparvarlik yordami jo‘natdi. Bu haqda Qirg‘iziston favqulodda vaziyatlar vaziri Zamirbek Asqarov ma’lum qildi, deb yozmoqda Kabar.kg.

Vazirning ma’lum qilishicha, yuk tarkibidan 2 ming tonna bug‘doy uni, 9500 dona kombinezon, 12 ming dona niqob, 25 ming dona qo‘lqop, 500 dona ko‘zoynak, 200 dona pirometr va 45 tonna dezinfeksiyalovchi vosita o‘rin olgan. Mazkur yordam yuki mamlakat hududlari va sog‘liqni saqlash tashkilotlariga tarqatilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Qirg‘izistonga aprel, may, iyul oylarida ham insonparvarlik yordami jo‘natgandi. Shuningdek, Farg‘ona viloyati Qirg‘izistonning Botken viloyatiga insonparvarlik yordami yuborgandi.

Avvalroq O‘zbekiston Turkiya, Germaniya, Singapur va JSSTdan insonparvarlik yordamlarini qabul qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 2-dekabr kuni 156 kishida koronavirus aniqlandi
Mahalliy
Janubiy Koreya mamlakatda ishlash niyatidagi o‘zbekistonliklar uchun kvotalar sonini oshiradi
Dunyo
“Hind Chernobili” — Pxobaldagi texnogen halokat, Eron oliy rahbariga aylangan Homanaiy va Sovuq urushga yakun yasagan Yelsin—Bush. Kun xronologiyasida 3-dekabr