Huawei kompaniyasi o‘zining Honor brendini 30 dan ortiq kompaniyalarni o‘zida birlashtirgan Shenzhen Zhixin New Information Technology Co. konsorsiumi sotib olganini rasman e’lon qildi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Huawei o‘z brendining sotilishini asosiy muammosi sifatida ehtiyot qismlari, texnologiyalar, litsenziyalar va boshqa ishlab chiqaruvchilarning dasturiy ta’minotlaridan foydalanish imkoniyatini ko‘rsatgan. Muammolar 2019-yilda, AQShning Xitoy bilan savdo urushi doirasida mamlakatdagi kompaniyalarga sanksiya qo‘llaganida boshlangan — o‘shdan buyon ishlab chiqaruvchi ARM arxitekturasidan, Google servislaridan foydalana olmayapti va Amerika kompaniyalari bilan savdo qilish huquqidan butunlay mahrum bo‘lgan.

Bitim imzolangach, Huawei o‘zining sho‘ba brendiga oid barcha huquqlarni yo‘qotadi — bu Honor kompaniyasi sanksiyalarda qochib qolishi va xorij tovarlari hamda texnologiyalaridan qayta foydalana olishi mumkinligini anglatadi. Bitim summasi oshkor qilinmagan, biroq Reuters’ning yozishicha, savdo 15,2 milliard dollarni tashkil etadi.

Honor brendi 2013-yilda Huawei’ning alohida lineykasi sifatida paydo bo‘lgan. Bu nom ostida ommaviy va hamyonbop qurilmalar ishlab chiqarila boshlangan. Ayrim davlatlarda ushbu brend smartfonlar yetkazib berish darajasi bo‘yicha hatto Huawei’ning o‘zidan o‘tib ketgan.

Avvalroq Qualcomm Trampning taqiqiga qaramay Huawei kompaniyasiga 4G-protsessorlarni sotishi ma’lum bo‘lgandi.