Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatining Norin tumanidagi fermer xo‘jaligi dala shiyponidan 8 yoshli bolaning murdasi topilganiga oid xabarlar tarqaldi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Norin tuman IIB mutasaddilarining “Daryo” muxbiriga ma’lum qilishicha, joriy yil 15-noyabr kuni soat 20:30 larda “Norinkapa” MFY hududida joylashgan “Qambarali ota nabirasi Baxtiyor” fermer xo‘jaligining dala shiyponi o‘tinxonasidan shu mahallada yashovchi, 2012-yilda tug‘ilgan I. U.ning jasadi qotillik alomatlari bilan topilgan.

O‘tkazilgan tergov harakatlari davomida bola 15-noyabr kuni soat 08:30 atrofida tovuqlarni boqish maqsadida yashash xonadonidan chiqib ketib, mazkur fermer xo‘jaligi dala maydoniga borib, bedarak yo‘qolganligi aniqlangan.

Namangan viloyat prokuraturasi tomonidan shu kunning o‘zida qasddan odam o‘ldirish alomatlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tezkor tergov guruhi tuzilib, jinoyatni fosh etish choralari ko‘rilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Fransiyaning bir nechta shaharlari JCH—2022 ga boykot e’lon qildi
Dunyo
Lukashenko: “Biz Ukrainadagi maxsus operatsiyada qatnashyapmiz, lekin hech kimni o‘ldirmayapmiz”
Mahalliy
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi