O‘zbekiston Adliya vazirining 2020-yil 5-noyabrdagi buyrug‘i bilan Furqat Tojiyev Adliya vazirligining “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Adliya vaziri matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva xabar berdi.

Foto: Adliya vazirligi

Furqat Tojiyev 1986-yilda Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 2008-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

U o‘z mehnat faoliyatini 2009-yilda Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan ta’minlash markazida mutaxassis lavozimidan boshlagan. 2011-yildan 2020-yilga qadar Adliya vazirligida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Furqat Tojiyev 2019-yildan hozirgi vaqtga qadar vazirlikning Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.