• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Texnologiyalar

    3-noyabr – ilk vertolyot havoga ko‘tarilgan kun

    3-noyabr kuni muhandislik ilmining yuksak natijasi bo‘lmish ajoyib ixtiro – vertolyotning dastlabki muvaffaqiyatli parvozi bajarilganiga 113 yil to‘ldi. “Daryo” sana munosabati bilan vertolyotning yaratilish tarixi va bugungi kundagi muhimligi haqida ma’lumot beradi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Qanchalik tezkor va qulay bo‘lmasin, har qanday samolyotlarning katta bir kamchiligi mavjud: samolyot har doim va muttasil ravishda faqat oldinga uchadi. Samolyot havoga ko‘tarilishi uchun uzun uchish-qo‘nish yo‘lagi kerak bo‘ladi va uning harakati muttasil gorizontal yo‘nalishda bajariladi. Shu sababli samolyotlar uchun albatta katta maydonlarni egallaydigan aerodromlar talab qilinadi.

    Qisqa masofalarga uchishda va uchish davomida turli manyovrlar bajarib, vazifalarni uddalash borasida vertolyotlar samolyotdan ko‘ra afzal mashinalar sanaladi. Ayniqsa, vertolyot – havoda muallaq tura olishi, tekis yuzaga ega kichikroq maydondan (masalan, maktab stadioni yoki binolarning tomidan) ham bemalol uchib-qo‘na olishi va eng asosiysi, istalgan yo‘nalishda: xoh oldinga, xoh orqaga, o‘nga-chapga va pastga va tepaga ham birdek harakatlanishi tufayli juda ko‘p sohalarda benazir havo transporti sanaladi. Masalan, qidiruv-qutqaruv ishlarida, tog‘li hududlarda yo‘lovchi tashishda, harbiy harakatlarda va boshqalarda vertolyot eng muhim uchish vositasi bo‘ladi.

    Vertolyotga o‘xshash uchish apparatining chizmalari Leonardo da Vinchi qo‘lyozmalarida uchrasa ham, vertolyotning haqiqiy ma’nodagi ilk muvaffaqiyatli konstruksiyasini 1907-yilning xuddi shu sanasida Fransiyada professor Sharl Rishye boshchiligida havoga ko‘tarishga erishilgani tarixiy haqiqatdir.

    O‘shanda professor rahbarligida aka-uka Lui va Jak Bregelar tomonidan yasalgan eng sodda vertolyot namunasi yerdan yarim metrcha balandlikka ko‘tarilgan va ma’lum muddat parvoz qila olgan edi. Adolat yuzasidan aytish joizki, aka-uka Bregelarning o‘sha vertolyoti boshqarilmaydigan (ya’ni uchuvchisiz) bo‘lgan edi. Odam boshqaruvidagi birinchi vertolyot parvozi esa oradan 10 kun o‘tib, 13-noyabr sanasida bajarildi. Unda ham atigi yarim metr tepaga uchgan “vertolyotni” Pol Kornyu ismli velosiped ustasi bo‘lgan mexanik tomonidan boshqarilib, 20 soniya mobaynida muallaq turishga erishildi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Ushbu eng dastlabki va bir qarashda juda jo‘n ko‘rinadigan ilk urinishlar muhandislar uchun vertolyotlar parvozining kelajagini ochib bergan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Keyingi o‘n yillikda samolyotlarga raqobatchi o‘laroq, vertolyotlarni loyihalash va sinash ishlari ham konstruktorlar tomonidan keng olib borildi. Tom ma’nodagi muvaffaqiyatli vertolyotlar, ya’ni transport vositasi sifatida odam va yuk tashiy oladigan vintli mashinalar 1910–1920-yillarda paydo bo‘la boshladi. Masalan, Kiyevda Igor Sikorskiy tomonidan oltita vertolyot yasaldi (olim, keyinchalik, AQShga ko‘chib ketdi va mashhur Sikorskiy aviakonstruktorlik idorasiga asos soldi).

    1914-yilda Angliyada Mumford ismli muhandis ham inglizlarning ilk vertolyotini havoga ko‘tarishga erishdi. 1924-yilga kelib esa Fransiyada vertolyotda dastlabki davomli parvoz, ya’ni uchish va qo‘nish nuqtalari avvaldan rejalashtirilgan manyovrli parvoz amalga oshirildi. Uni Emishyen ismli uchuvchi bajardi. 1930-yillarga kelib esa sobiq ittifoq ham o‘zining ilk muvaffaqiyatli vertolyotlarini sinab ko‘rdi. Dastlab, 1930-yilda 120 ot kuchiga ega dvigatelli ikki vintli vertolyot Aleksey Cheryomuxin boshchiligida yasab, havoga uchirilgan bo‘lsa, 1932-yilda Cheryomuxinning o‘zi boshqaruvda bo‘lgan vertolyot bilan o‘sha zamon uchun jahon rekordi o‘rnatdi. O‘shanda Cheryomuxin 605 metr balandlikka ko‘tarilishga erishgan edi.

    Biroq bu paytga kelib, barcha texnika sohalarida bo‘lgani kabi vertolyotsozlikda ham jahonda yetakchilikni allaqachon nemislar qo‘lga olgan edi. Xususan, Fokke ismli konstruktorning FW-61 nomli vertolyoti ko‘p o‘tmay Cheryomuxinning 605 metrlik rekordini “changida qoldirib” ketdi. 1937-yilda Fokke dastlab 2,5 km yuqoriga ko‘tarilib, tezlikni 123 km/soatgacha yetkaza oldi va u 109 km masofani uchib o‘tdi. Bu na SSSR, na fransuzlar va na inglizlarning tushiga ham kirmagan rekord edi. 1939-yilga kelib esa Fokke 3,5 km balandlikka chiqa oladigan vertolyotlarni yasadi. 1941-yilda esa Germaniyada uning loyihasiga ko‘ra yasalgan vertolyotlarning seriyali ishlab chiqarilishi boshlab yuborildi.

    Bu paytda okeanning narigi tarafida allaqachon amerikalik bo‘lib ulgurgan Sikorskiy ham Amerika uchun vertolyotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish ustida izlanish bilan band edi. Boshlanib qolgan Ikkinchi jahon urushi tufayli AQSh harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi Sikorskiyga parvoz davomida nishonga o‘t ochish imkonini beradigan harbiy vertolyotlar buyurtma qila boshladi. Sikorskiyning VS-316 (harbiy nomi XR-4) vertolyoti 1942-yilda AQSh armiyasiga foydalanishga qabul qilindi. Shu tariqa, vertolyotlar harbiy aviatsiya sohasiga ham kirib keldi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    U 1,5 km tepaga ucha olardi va 130 km/soat tezlik bilan harakatlanib, ishlab turgan dvigatel bilan biror joyga vaqtincha qo‘nib, tezkor yuk tushirib yoki ortib, keyin yana qaytib uchib ketishi mumkin edi. 1944-yilda ushbu vertolyotlar tarixda ilk bora Birma chakalakzorlari bo‘ylab urush harakatlarida amaliy qo‘llandi va u harakatdagi armiyani resurs bilan ta’minlash va yaralanganlarni tezkor tashib ketish uchun nihoyatda qulay transport vositasi sifatida o‘zini to‘liq oqladi. Shu tariqa, vertolyotning harbiy san’atdagi ahamiyati barcha ofitserlar uchun yaqqol ochilgan edi.

    Vertolyot hozirgi kunda ham jahondagi eng muhim transport vositalaridan biri sifatida o‘zining juda katta texnik ahamiyatini saqlab kelmoqda. Aviasozlar vertolyotning yagona kamchiligi sifatida boshqaruvning murakkabligini, uchuvchining juda puxta tayyorgarlik va tajribaga ega bo‘lishi shartligini qayd etadi. Boshqa ko‘p jihatlari bilan esa vertolyot eng afzal uchish vositasidir.

    Muzaffar Qosimov tayyorladi.

    04.11.2020, 09:22   Izoh (0)   14759
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Raspberry Pi 400 taqdim etildi: klaviaturada joylashgan mini-kompyuter

    03.11.2020, 20:48

    Apple’ning navbatdagi taqdimoti sanasi ma’lum bo‘ldi

    03.11.2020, 09:42

    8 soniyada 15 mln dollar. Huawei Mate 40’ning Xitoydagi muvaffaqiyati dronlar yordamida tarixga muhrlandi (foto)

    02.11.2020, 18:33

    Disney xuddi insonnikiga o‘xshash ko‘zlarga ega robotini namoyish etdi (video)

    02.11.2020, 17:47

    Microsoft kompaniyasi Xbox Series X uslubida yaratilgan muzlatkichni taqdim etdi (video)

    02.11.2020, 16:22

    Disney kompaniyasi Chaos bilan hamkorlikda iPhone g‘iloflarini ishlab chiqarishni boshladi

    02.11.2020, 13:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH Eronning uchta yadroviy obyektiga zarba berdi

    Dunyo | 22 iyun, 09:20

    O‘zbekistonda davlat organlari faolligining milliy reytingi joriy etiladi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 09:05

    Tramp “Amerika ovozi”ning 639 nafar muxbirini ishdan bo‘shatdi

    Dunyo | 21 iyun, 23:50

    FVV aholiga soat 10:00 dan 17:00 gacha tik tushadigan quyosh nurlari ostida bo‘lmaslikni tavsiya qildi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 23:30

    Braziliyada havo shari qulashi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 21 iyun, 23:10

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Mamelodi Sandauns” — “Borussiya Dortmund” bahsida yettita gol urildi

    Sport | 21 iyun, 23:00

    Farg‘ona aeroportida tanasiga 250 gramm quyma oltinni yashirib olib o‘tayotgan shaxs to‘xtatildi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 22:50

    Panamada favqulodda holat e’lon qildi

    Dunyo | 21 iyun, 22:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.