So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12190.01
    • RUB 126.91
    • EUR 12987.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +17°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    Yapon flotiga qarshilik ko‘rsatgan kema. Rossiya floti afsonasi “Varyag” kreyserining tarixi

    01.11.2020, 16:34 38535

    1899-yilning 31-oktabrida Rossiya floti afsonasi bo‘lgan “Varyag” zirhli kreyseri suvga tushirildi. Texnik xususiyatlari jihatidan rus armiyasida kuchli to‘plar bilan qurollangan, elektrlashtirilgan hamda radiostansiya va bug‘ qozonlarining so‘nggi modifikatsiyasi bilan jihozlangan “Varyag”ga teng keladigani yo‘q edi. “Daryo” uning tarixi haqida hikoya qiladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Ilk tarixi

    Kema qurilishi Filadelfiyadagi William Cramp and Sons kompaniyasida amalga oshirildi. Rossiya flotiga qo‘shilgandan so‘ng “Varyag” Port-Arturga joylashtirildi. Biroq qurilish paytida yuzaga kelgan jiddiy nuqsonlar bir necha yillik xizmatdan so‘ng “Varyag”ni 14 uzeldan yuqori tezlikka erisha olmaydigan holatga olib keldi va bu uning qayta ta’mirlanishini taqozo qildi.

    1903-yil kuzida o‘tkazilgan sinovlar shuni ko‘rsatdiki, “Varyag”ning tezligi qayta qurilishdan so‘ng o‘zi dastlabki davrda ko‘rsatgan tezlikka deyarli tenglashgan edi. 1904-yil yanvar oyining boshlarida Seuldagi Rossiya elchixonasi ixtiyorida neytral Chemulpo koreys portida “Varyag” va “Koreyets” jangchi kemasi bor edi.

    Jangda

    1904-yil 8-fevralda kontr-admiral Uriu qo‘mondonligidagi yapon eskadrasi Chemulponi qamal qildi. 9-fevral kuni “Varyag” kapitani Vsevolod Fyodorovich Rudnev Uriudan soat 12:00 ga qadar Chemulpo portini tark etish to‘g‘risida ultimatum oldi. Bunga javoban u Port-Arturda jangga o‘tishga va muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda, kemalarni portlatishga qaror qildi. Tushga yaqin “Varyag” va “Koreyets” Chemulpodan chiqib keta boshladi va Famildo orolidan tashqarida turgan yapon eskadroniga duch keldi.

    Jang bir soat davom etdi. Bu vaqt ichida “Varyag” dushman tarafga jami 1 105 ta, “Koreyets” esa 52 ta snaryad uloqtirdi. Kurashlar tugaganidan so‘ng, xarobalarda aniqlangan topilmalar jangda foydalanilgan qurollar soni bundan ham ko‘p bo‘lganini ko‘rsatdi. “Koreyets” jang mobaynida tutun effektidan ham foydalandi.

    Shiddatli janglardan so‘ng 9-fevral kuni soat 18:10 da “Varyag” suv ostida qoldi, “Koreyets” portlatildi. Rossiyaning “Sungari” paroxodi ham cho‘ktirildi. Rus-yapon urushidan so‘ng Yaponiya hukumati Seulda “Varyag” qahramonlari xotirasiga bag‘ishlangan muzey tashkil etdi. Rudnevni “Kyokudzitsyusyo” (“Ko‘tarilayotgan quyosh”) ordeni bilan taqdirladi. Jangdan keyin Chemulpoda 24 nafar yarador rus dengizchilari davolandi, ulardan ikkitasi vafot etdi. Yana 11 nafar yarador xorijiy kemalar tomonidan davolanish uchun olib ketildi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    1905-yil 22-avgustda “Varyag” Yaponiya imperatorlik flotiga qo‘shildi. 1907-yilning 7-iyulida kreyser “Soya” deb nomlangan 2-darajali jang quroli sifatida qayta ta’mirlandi va foydalanishga topshirildi. Undan yetti yildan ko‘proq vaqt davomida o‘quv maqsadlarida foydalanildi. Rus dengizchilarining mehnatiga hurmat bajo keltirgan yaponlar imperator Mutsixitoning shaxsiy qarori bilan kreyserning “Varyag” nomini saqlab qoldi. 1909-yil 14-martidan 7-avgustgacha u Gavayi orollari va Shimoliy Amerikaga uzoq masofali suzish, navigatsiya mashqlarini bajarish va ofitserlarni tayyorlash bo‘yicha mashqlarda xizmat qildi. “Varyag”ning bu vazifadagi faoliyati 1915-yil 1-dekabrigacha davom etdi.

    Keyingi tarixi

    Birinchi jahon urushi davrida Rossiya imperiyasi va Yaponiya ittifoqchilarga aylandi. 1916-yilda “Soya” kreyseri (“Sagami” va “Tango” jangovar kemalari bilan birgalikda) Rossiya tomonidan sotib olindi. 1916-yil 5-aprelda kreyser Vladivostokka ko‘chirildi, shundan so‘ng u sobiq “Varyag” nomi bilan Shimoliy muz okeani flotiliyasiga kiritildi.

    Sovet hukumati Rossiya imperiyasining qarzlarini to‘lashdan bosh tortgani sababli 1917-yil fevralda kreyser inglizlar tomonidan musodara qilindi. 1920-yilda u nemis kompaniyalariga sotildi. 1925-yilda “Varyag” kuchli bo‘ron domiga tushib qoldi va Irland dengizi qirg‘og‘i yaqinida cho‘kib ketdi. Uning metall parchalari mahalliy aholi tomonidan talab ketildi, keyinchalik kreyser portlatib yuborildi.

    1954-yilda Chemulpo shahrida qahramonlikning 50 yilligi munosabati bilan KPSS Markaziy qo‘mitasi “Varyag” faxriylariga pensiya tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. SSSR dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni N.G. Kuznetsovning shaxsan o‘zi o‘n besh nafar faxriyni “Jasorat uchun” medallari bilan taqdirladi. Keyinchalik “Varyag” va “Koreyets”da xizmat ko‘rsatgan yana 139 nafar faxriy dengizchilarga orden va medallar topshirildi.

    * * *

    2003-yilda kreyser ishtirokidagi janglar bo‘lib o‘tgan vayronalar hududida birinchi rus ekspeditsiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Fransiyada yashovchi kapitan Rudnevning nabirasi ham qatnashdi. 2009-yil 13-iyulda Koreya bilan olti yil davom etgan muzokaralardan so‘ng Rossiya “Varyag” va u bilan bog‘liq bo‘lgan qoldiqlarni to‘qqiz oyga ijaraga oldi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    “Varyag” dengizchilarining xotirasi Vladivostok dengizi qabristonidagi yodgorlik bilan abadiylashtirildi. Bugun Vladivostokda “Varyag” qahramonlar ko‘chasi mavjud. Novomoskovsk va Tula viloyati Zaokskiy tumani Savino qishlog‘ida kreyser komandiri Rudnev sharafiga yodgorliklar o‘rnatildi. 2004-yil 9-fevralda Tula viloyatida Rudnev muzeyi ochildi. 2004-yil 10-fevralda tarixiy dengiz urushining 100 yilligini nishonlash uchun Janubiy Koreyaning Inchxon portida yodgorlik ochildi. Uning muallifi Rossiyada xizmat ko‘rsatgan haykaltarosh Andrey Balashovdir.

    2006-yil 30-iyulda kreyser cho‘kib ketgan joyda Shotlandiyaning Lendalfut aholi punkti yaqinida yodgorlik lavhi o‘rnatildi. 1958 va 1972-yillarda SSSRda kreyser tasviri tushirilgan pochta markalari chiqarildi. Harbiy qurolning  jasorati bir qator adabiy asarlar syujeti, xususan, I. Andreyevning “O‘tish” hikoyasining asosini tashkil etdi. 2018-yil iyun oyida Vladivostokda kiprlik bastakor Marios Ioannou Eliyaning “Varyag” dengiz simfoniyasi premyerasi bo‘lib o‘tdi.

    “Varyag” xotirasini abadiylashtirish uchun ochilgan yodgorliklar bugun dunyoning ko‘plab hududlarida mavjud. U bilan bog‘liq tarzda yaratilgan badiiy asarlar va madaniy boyliklar esa kema xotirasining asrlar osha bardavom bo‘lishini ta’minlashi shubhasiz.

    Dilbar Ismatullayeva tayyorladi.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Central Asian University (sobiq Akfa) universitetida mojaro yuz berdi

    Bugun, 09:03

    APL. “Manchester Siti” o‘zida “Nottingem Forest”ni mag‘lub etdi, “Manchester Yunayted” safarda minimal hisobda g‘alaba qozondi (video)

    Bugun, 02:15

    A Seriya. “Milan” Verona klubi ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi, “Yuventus” 6 ta gol urilgan o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi (video)

    Bugun, 01:23

    Bundesliga. “Bavariya” raqib darvozasiga javobsiz 7 ta gol urdi, “Borussiya D” Roysning yagona goli evaziga “Volfsburg”ni mag‘lub etdi (video)

    Bugun, 01:06

    La Liga. “Barselona” “Selta”ga qarshi bahsda superkambek amalga oshirib, g‘alabani ilib ketdi (video)

    Kecha, 23:29

    Afg‘oniston Turkmaniston bilan yangi chegara postini qurmoqchi

    Kecha, 22:33

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    Kecha, 22:25

    Captiva-2024 narxlari haqida tarqalgan maʼlumotlar soxta ekani maʼlum bo‘ldi

    Kecha, 22:20

    O‘zbekistonliklar Germaniyaga 6 ta soha bo‘yicha ishga taklif qilinmoqda. Maosh — 2,4 ming yevro

    Kecha, 22:09

    Superliga. “Andijon” Vodiy derbisida “Navbahor”ni mag‘lub etdi, “OKMK” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Metallurg”ga imkoniyatni boy berdi

    Kecha, 21:54

    Tavsiya etamiz

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    22:00 / 23.09.2023

    “Kasallangan bolalarning 143 nafari tuzalgan”. Vazir o‘rinbosari Namangandagi zaharlangan bolalar soniga aniqlik kiritdi

    15:00 / 23.09.2023

    Bosh vazir iste’fosini talab qilayotganlar, sotuvga chiqqan iPhone 15, AQSHga kelayotgan rekord darajadagi migrantlar — 22-sentabr suratlari

    22:00 / 22.09.2023

    “Dok-1 Maks” ishi: 33 ming dollar oldi-berdisida vositachilik qilgani aytilgan ayblanuvchiga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llandi

    15:00 / 22.09.2023

    MOLIYA

    Pul

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistonliklar Germaniyaga 6 ta soha bo‘yicha ishga taklif qilinmoqda. Maosh — 2,4 ming yevro

    22:00 / 23.09.2023

    “Dori vositalari yoki ovqatdan zaharlanish emas” — Elmira Bositxonova Chustdagi voqea haqida

    13:00 / 23.09.2023

    Turkiyada o‘zbekistonlik ayol bo‘g‘izlab o‘ldirildi (video)

    12:00 / 23.09.2023

    Saudiya Professional Ligasi. “An-Nassr” 7 ta gol urilgan o‘yinda “Al-Ahli” ustidan g‘alaba qozondi, Ronaldudan dubl (video)

    01:00 / 23.09.2023

    Gretsiyada qo‘ylar 100 kilogramm nashani yeb qo‘ydi

    17:00 / 23.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?