Huawei kompaniyasi nafaqat Mate 40 smartfonlari lineykasi, balki ko‘plab boshqa gadjetlar taqdim etilgan keng ko‘lamli taqdimotni o‘tkazdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Huawei tizimida deyarli barcha narsa smartfonlarga bog‘liq, shu sababli yangi flagmanlar asosiy anonsga aylangan. Taqdimotda birdaniga to‘rtta model namoyish etildi — bazaviy Mate 40, takomillashgan Mate 40 Pro, premium Mate 40 Pro+ va korpusi qimmat materialdan ishlangan lyuks Mate 40 RS.

Flagmanlarning barchasini yagona dizayn va Kirin protsessori — Android smartfonlarga o‘rnatilgan ilk 5 nanometrli texnologik jarayonli chiplar birlashtirib turadi.

Shuningdek, Huawei o‘zining to‘liq o‘lchamli FreeBuds Studio naushniklarini ham taqdim etgan. Kompaniya studiyadagidek ovoz sifati va shovqinni so‘ndiruvchi yangi dinamik tizimini va’da qilmoqda. Naushniklar simsiz bo‘lib, unga keladigan signal doimo barqaror qolishi uchun ularga ikkitalik antenna o‘rnatilgan.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Naushniklar bir marta quvvatlanish orqali 24 soatgacha ishlay oladi, agarda shovqinni so‘ndiruvchi funksiya ishga tushirilsa, uning avtonomligi 20 soatga yetadi. Shu bilan birga, qurilma tezkor quvvatlanish funksiyasiga ega — 10 daqiqalik quvvatlantirishdan so‘ng, u yana 8 soat ishlashi mumkin. Qurilma narxi — 299 yevro.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Kompaniya akustika mavzusini rivojlantirish maqsadida Devialte kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan Huawei Sound kolonkasini ham taqdim etdi. Kolonka ichidan 5 vattli uchta to‘liq diapazonli dinamiklar o‘rin olgan, ulardan biri 40 vattli past chastotali. Bu juda katta xonani ham hajmli ovoz bilan ta’minlashga yetadi. Kolonka narxi — 199 yevro.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Shuningdek, Huawei “aqlli” Gentle Monster Eyewear II ko‘zoynaklarini ham taqdim etgan. Bu musiqa eshitish va telefon orqali gaplashish imkonini beradigan aksessuar hisoblanadi. Shu bilan birga, unga atrofdagi shovqinlarni kesadigan maxsus tizim ham o‘rnatilgan. “Aqlli” ko‘zoynak narxi 299 dollar.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Avvalroq yangi Huawei Mate 40 Pro+ smartfonining kamerasi Galaxy Note20 Ultra va iPhone 11 Pro Max’niki bilan o‘zaro taqqoslangani to‘g‘risida xabar berilgandi.