Daryo

Yangi Huawei Mate 40 Pro+ smartfonining kamerasi Galaxy Note20 Ultra va iPhone 11 Pro Max’niki bilan o‘zaro taqqoslandi (foto)

Mate 40 Pro+ raqobatchilarini tasvirlardagi detallarning tiniqligi va yetarlicha yoritilmagan sharoitda tasvirga olishdagi sifat bilan ortda qoldirgan

1 daqiqa o‘qish27 474 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: IXBT

22-oktabr kuni o‘tkazilgan Huawei Mate 40 smartfoni taqdimotida yangi qurilmaning kamerasi Samsung Galaxy Note20 Ultra va iPhone 11 Pro Max’niki bilan bir xil sharoitda taqqoslandi, deb xabar beradi IXBT.

Foto: 3DNews

Suratlardan ko‘rish mumkinki, Mate 40 Pro+ raqobatchilarini tasvirlardagi detallarning tiniqligi va yetarlicha yoritilmagan sharoitda tasvirga olishdagi sifat bilan ortda qoldirgan.

Kadr: IXBT

Ushbu suratlar Huawei tomonidan olinganini unutmaslik kerak, shu sababli kompaniya o‘z mahsulotini targ‘ib qilishdan, albatta, manfaatdor. Shunga qaramay, kompaniya Mate 40 Pro+ foydasiga raqobatchilari sifatini pasaytirib ko‘rsatganiga ishonish qiyin.

Kadr: IXBT
Kadr: IXBT
Kadr: IXBT
Kadr: IXBT

Mate 40 Pro+ smartfoni kadr chastotasi 60 k/s bo‘lgan va HDR funksiyasiga ega 4K sifatli videolarni tasvirga olish qodir. Shu sababli kartina ancha jozibador.

Mavzuga doir: Sanksiyaga uchragan flagman. Huawei Mate 40 Pro AQSh texnologiyalarisiz qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi?

Eslatib o‘tamiz, Mate 40 Pro yangi Kirin 9000 protsessorida ishlaydi — bu 5 nanometrli texnologik jarayon bazasida yaratilgan bozordagi ikkinchi protsessor. Birinchisi, iPhone 12’larga o‘rnatilgan A14 chipi hisoblanadi. Shuningdek, Mate 40 Pro 8 gigabayt tezkor va 256 gigabayt ichki xotiraga ega bo‘ladi. Akkumulyator sig‘imi esa 4400 mA/soat bo‘lib, 65 vattli tezkor quvvatlanish funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilma birdaniga uchta kameraga ega bo‘ladi — f/1,9 diafragmali 50 megapikselli asosiy, 20 megapikselli keng burchakli va 12 megapikselli telefoto. Shuningdek, 13 megapikselli oddiy frontal kamera hamda yuzni skaner qilishga mo‘ljallangan 3D-kamera ham o‘rnatiladi.

Mavzuga doir: iPhone 12 Pro Max va Samsung Galaxy Note20 Ultra qurilmalari “jonli” suratda o‘zaro taqqoslandi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar