Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2020-yil 2–3-noyabr kunlari Toshkent—Tokio—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni amalga oshiradi. Bu haqda kompaniya tomonidan ma’lum qilindi.

Foto: “Daryo”

Parvoz jadvaliga ko‘ra, Toshkentdan 2-noyabr kuni soat 22:05 da uchadigan samolyot 3-noyabr kuni soat 09:40 da Tokioga yetib boradi. Tokio—Toshkent yo‘nalishidagi parvozni amalga oshiradigan samolyot 3-noyabr kuni soat 11:05 da havoga ko‘tariladi va Toshkentga soat 16:10 da qo‘nadi.

Aviachiptalarni Uzbekistan Airways Sales filialidan, aviakompaniyaning saytidan, shuningdek, Uzbekistan Airways AJning sotuvlar bo‘yicha agentlari ofislaridan sotib olish mumkin.