Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Barselona” futbolchilari maoshlarning kamaytirilishi bo‘yicha klub rahbariyatiga norozilik xatini yo‘lladi. Bu haqida Marca nashri xabar bermoqda.

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

“Klub o‘z xabarnomasida keltirilgan dalillari orqali bizning huquqlarimizni buzmoqda va biz bunga toqat qila olmaymiz. Xarajatlarni kamaytirishning yagona yo‘li sifatida klubning barcha bo‘limlari bilan birgalikda harakat qilishi ko‘rilmoqda. Klub rahbariyati bunga ishonmoqda. Biroq ular ayrim bo‘limlarda o‘zlari xohlagan iqtisodiy tuzatishlarni amalga oshirib, gapirgan gaplariga qarshi ish qilib bo‘lgani ham haqiqat”, — deya xatdan iqtiboq keltiradi Marca.

Qayd etilishicha, futbolchilar xatni birgalikda yo‘llagan. Ular ushbu muammoni hamjihatlikda hal qilishni rejalashtirgan. Qayd etish joiz, avvalroq Mark-Andre ter Shtegen, Kleman Langle, Frenki de Yong hamda Xerard Pike klub bilan shartnomalarini uzaytirgan edi. Shunga qaramay ular ham jamoalari bilan birga ekanligi ta’kidlanmoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov oilaviy nizolar tufayli ijara uyda yashamoqda (video)
Mahalliy
“Odamlar o‘limida o‘zimni aybdor hisoblamayman” — Nukusdagi tartibsizliklar yetakchisi Dauletmurat Tajimuratov
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchining onasi “zamdirektor”ni kaltakladi