Kanye Uest, Yeezy brendining yangi modelini taqdim qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu safar krossovka emas, adidas YEEZY 450 Slide, Ophani nomli oq rezina shippaklar taqdim qilinadi, deb yozadi Esquire.

Foto: Esquire

Quyma penomaterialdan ishlangan mazkur shippaklar ko‘rinishi o‘rgimchakni esga soladi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan spider-men deb atalgan Ophani, pokemon va multfilm qahramonlari poyabzaliga ham o‘xshatilgan.

Foto: Esquire

Ta’kidlanishiga qaraganda, 27-dekabrda taqdim etilishi kutilayotgan yangi modelning narxi 65 dollarni tashkil qiladi.

Foto: Esquire

Avvalroq, reper Twitter sahifasida Yeezy Bost krossovkalarining yangi modeli surati bilan bo‘lishgan va futurustik uslubdagi poyabzallar foydalanuvchilar tomonidan kesilgan kartoshka va baliq skeletiga o‘xshatilgandi.