Italiyaning Off-White brendi rahbari Virjil Ablo, ikki poyi turli ko‘rinishga ega bo‘lgan poyabzal ishlab chiqardi. Ulardan biri klassik uslubdagi qora charm derbi, ikkinchisi esa oq tennis krossovkasiga o‘xshaydi.

Foto: Esquire

Charmdan ishlangan oyoq kiyimga Off-White’ga xos detallar — yozuv va logo tushirilgan. O‘ng oyoqqa kiyish uchun mo‘ljallangan qora charm poyabzalga marmar ko‘rinishidagi oq-qora plastikli brend yorlig‘i ilingan.

Foto: Esquire

O‘ng va chap poyi bir-biridan farqli mazkur modelni faqatgina tag qismi bir xil bo‘lib, u ko‘k rangli rezinadan ishlangan. Narxi 605 dollar qilib belgilangan mazkur noan’anaviy poyabzalni Ssense sayti orqali xarid qilish mumkin, deyiladi xabarda.