Yaponiyalik Jessi Katayama 2020-yil mart oyida Machu-Pikchuni tomosha qilish uchun Peruga tashrif buyurgan, ammo koronavirus pandemiyasi sababli YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritlgan shahar yopilgan. Oradan yetti oy o‘tib, sayyohning orzusi amalga oshdi. “Yo‘qolgan inklar shahri” faqat u uchungina ochildi, deb xabar beradi CNN.

Foto: CNN

Katayama 2020-yil 14-mart kuni Peru shahridagi Aguas-Kalentesga – sayyohlar Machu-Pikchuga sayohat qilishni boshlaydigan shaharga yetib keldi va u yerga kirish uchun 2020-yil 16-mart kuniga chipta ham sotib oldi. Ammo, aynan shu kuni hukumat COVID-19 tarqalishining oldini olish maqsadida diqqatga sazovor joyga kirishni cheklab qo‘ydi.

Chegaralar yopilganligi sababli sayyohlar ham Janubiy Amerikadagi boshqa mamlakatlarga bora olmadi, shuning uchun Katayama Aguas-Kalentesda kichkina xonani ijaraga oldi va yetti oy davomida shu yerda yashadi. O‘tgan vaqt mobanynida u hududni o‘rganib chiqdi, do‘stlar orttirdi va bolalarga boksdan saboq berdi. Katayamada pul tugab, uyiga qaytishiga to‘g‘ri kelganda, o‘z voqeasini Peru sayyohlik kompaniyasiga aytib berdi.

Bu esa kompaniya vakillarini befarq qoldirmasi va ular yaponiyalik erkakka Machu-Pichuga kirishi uchun maxsus ruxsatnoma olishiga yordam berdi. Shunday qilib, yaponiyalik yetti oydan keyin shaharga kirgan birinchi kishi bo‘ldi.

2020-yil 16-oktabrda Katayama Yaponiyaga qaytishi kerak, ammo u hozircha Aguas-Kalentes aholisi bilan xayrlashmoqda. “Men o‘zimning yangi qismimni kashf etishga urindim”, − deydi yaponiyalik sayyoh.

View this post on Instagram

マチュピチュキタァァァァァァァァァァァァァァァァァァ‼️‼️‼️ この前の新聞見てくれて 「頑張って」「応援してる」 「なんでも頼って」 「マチュピチュの俺の家タダで使ってええよ」 「マチュピチュ開いたらタダでガイドしたる」 「マチュピチュ村の村長に行ける様に言っとくわ」 ペルーの人達、ペルーに住んでる日本の人達から沢山メッセージもらいました😂 もう行けへんやろなと思ってたけど、皆さんが村長、政府に頼んでくれて 超特別に行かせてもらった👏🏽笑 ペルーの人達みんな優しすぎるぅ〜くぅ〜 本当にありがとうございます!! 村長と一緒にマチュピチュいった人今までおらんやろ笑 閉鎖後、1番最初にマチュピチュ行った地球人は俺だぁぁぁぁぁ🔥🔥🔥 #世界一周 #バックパッカー #27ヵ国目 #ペルー #マチュピチュ #貸し切り #村長のガイド付き #村長ごっつ男前 #トムクルーズ似なんよ #ミッションインポッシブルなんよ #peru #machupicchu #lastsamurai

A post shared by Jesse Katayama (@jessekatayama) on