Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 22-sessiyasida 2020–2021-yillarda isitish mavsumini boshlash masalasi ko‘rib chiqildi, deb xabar berdi shahar hokimligi matbuot xizmati.

Foto: “Daryo”

Kengash qarori bilan 15-oktabrdan boshlab ijtimoiy obyektlarda, 17-oktabrdan esa ko‘p qavatli turar joylarda isitish mavsumi boshlanadi.

Avvalgi isitish mavsumi 25-oktabrdan 23-martgacha (2018-yilda 16-oktabrdan 26-martgacha) davom etgan.

Avvalroq “Toshissiqquvvati” oktabrda harorat pasaysa, aholiga issiqlik yetkazib berish barvaqt boshlanishi mumkinligini ma’lum qilgandi.