Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

“Chelsi” yarim himoyachisi Ngolo Kante londonliklar klubini tark etish haqida o‘ylamoqda.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Le Parisien nashrining xabar qilishicha, fransiyalik futbolchi do‘stining to‘yiga borish uchun “ko‘klar” ustozi Frenk Lemparddan ruxsat so‘ragan. Ngolo buning uchun bir mashg‘ulot kunini o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri kelardi. Biroq angliyalik mutaxassis unga rad javobini bergan.

Mazkur vaziyat futbolchining kayfiyatiga ta’sir qilishi mumkin. Kantening atrofidagilar yarim himoyachi 2021-yilning yozida “Chelsi”dan ketishini taxmin qilmoqda.

29 yoshli o‘yinchi 2016-yildan buyon “Chelsi” safida to‘p surib keladi. Kante 2019/20-yilgi mavsumda Premyer Ligada 22 ta o‘yin o‘tkazib, to‘rtta gol urdi. Joriy mavsumda u APLning to‘rtta bahsida maydonga tushdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
YCHL. “Bavariya” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi, “Marsel” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Sporting” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 4-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Belgorod shahri osmonida noma’lum uchqun paydo bo‘ldi (video)