Braziliya terma jamoasi JCh—2022 saralashi 1-turi doirasida Boliviyani 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Mazkur o‘yinda PSJ hujumchisi Neymar to‘liq harakat qildi va ikkita golli uzatma amalga oshirdi.
Bundan tashqari Neymar uchrashuvda 18 marta muvaffaqiyatli dribling ijro etdi. Opta ma’lumotlariga ko‘ra, bu KONMEBOL mintaqasidagi so‘nggi uchta JCh saralash o‘yinlari (undan avval bu statistika hisoblanmagan) rekordi hisoblanadi.
Avvalgi rekord Argentina hujumchisi Lionel Messiga tegishli edi. Messi 2011-yilda Kolumbiyaga qarshi o‘yinda 15 marta raqiblarini muvaffaqiyatli aldab o‘ta olgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!