• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Farzand

    Ota-onalar farzandlariga tanbeh berayotganida yo‘l qo‘yadigan 7 ta xato

    Ziddiyatli daqiqalarda hissiyotlar yengib chiqadi. Shuning uchun nizo chiqqan paytda farzandlarga bo‘lgan munosabatni buzmaydigan tarzda o‘zni tutishni o‘rganish ota-onalar uchun muhimdir.

    Foto: “Liza”

    Foto: “Liza”

    Bolaga uning yomonligini aytish

    Agar bola noto‘g‘ri ish qilgan bo‘lsa, unga “Sen yomon bolasan” yoki “Buni faqat tarbiyasiz qizlar qiladi” deb aytish mumkin emas. Ota-onalar bunday vaziyatda farzandlarini emas, balki ularning xatti-harakatini baholashi kerak. Shuningdek, muhim qoidani unutmaslik lozim: farzandlaringizga dakki berishdan avval o‘zingizni tahlil qilishga odatlaning.

    Aybni bolaga yuklash

    Tasavvur qiling, xonaga kirganda devorga qalam bilan suratlar chizilgan. O‘ylab ko‘ring-a, bola bo‘yoqni qayerdan olgan bo‘lishi mumkin? Balki uni yuqoriga qo‘yish kattalarning yodidan chiqqandir. Demak, ayrim vaziyatlarning kelib chiqishiga ota-onalarning o‘zi ham sababchi bo‘lishi mumkin. Bu kabi holatda kichik va himoyasiz bolajonlarni emas, albatta, o‘zingizni koyishni ham o‘rganing.

    Bosim o‘tkazish

    Masalan, farzandga berilgan planshet qurilmasini ma’lum vaqtdan keyin uning uxlashi yoki ovqatlanishi uchun tortib olib qo‘yish bolada qattiq xafagarchilik, g‘azab uyg‘otishi mumkin. U o‘zini xuddi nuqsonli yoki hammadan ortda qolgan deb o‘ylay boshlaydi. Shuning uchun ota-onalar farzandlari bilan muzokara olib borishni o‘rganishi kerak. Yaxshisi, unga qurilmani berishdan avval qancha muddat foydalanishi va vaqt tugagandan so‘ng shartlarni bajarishini aytish kifoya.

    Moddiy yetishmovchilikni ko‘rsatish

    Ota-onalar ko‘pincha bolalarining xulq-atvori bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun o‘zining mavqeyidan foydalanadi. Masalan, “Ulg‘aysangiz o‘zingiz sotib olasiz, lekin hozircha qarorni men qabul qilaman” qabilidagi gaplar. Ammo negadir aynan shu uslubdan foydalangan holda bolaga ota-ona va uning vakolatlarini hurmat qilish o‘rgatilmaydi. Shu sababdan boladagi ichki norozilik yillar davomida to‘planib, voyaga yetganida yuzaga chiqadi va ota-onasiga qanday munosabatda bo‘lishini tasavvur qilish mumkin.

    O‘zni tajovuzkor tutish

    Ko‘pincha ona va bola o‘rtasida kelishmovchilik paydo bo‘lganda onalar o‘zini qanday tutishni unutib, baqirishni boshlaydi. Ammo ishxonada boshliq qandaydir yoqimsiz ish qilsa, unga nisbatan ovoz ko‘tarilmaydi. Demak, o‘sha vaziyatda qanday qilib o‘zingizni bosgan bo‘lsangiz, uyda ham buni amalga oshirishning iloji bor. Bu, albatta, his-tuyg‘u va aql-idrokni boshqarish qobiliyatiga bog‘liq.

    Bolani kechirim so‘rashga majbur qilish

    Ko‘pincha ota-onalar bolalaridan har qanday arzimas ish uchun ham kechirim so‘rashni talab etadi. Bola esa nima tufayli aybdorligini bilmay, ota-onasining kayfiyatini yaxshilash uchun darhol yod olingan jumlani takrorlaydi. Endi o‘ylab ko‘rish vaqti keldi: muhimi kechirish so‘rashmi yoki aybini tushunib yetish? Tanlov har kimning o‘zida.

    Qarama-qarshi munosabat

    Bola ota-ona yoqtirmaydigan ishni bajarishi bilan unga nisbatan teskari munosabat olib boriladi. Bunday vaziyatda, aslida, sukut saqlagan ma’qul. Ammo jazo sifatida bolani yomonga chiqarish mutlaqo mumkin emas. Har qanday jazo adolatdan bo‘lishi va shaxsiyatni kamsitmasligi kerak. Aziz ota-onalar, farzandingizga har qanday holatda ham hurmat bilan munosabatda bo‘ling. Shundagina kelajakda o‘zingiz faxrlanadigan insonni tarbiyalayotgan bo‘lasiz.

    Mavzuga doir:

    • Bolaning kelajakda qashshoq inson bo‘lishiga olib keladigan tarbiyadagi xatolar
    • Qizingizga aytish tavsiya qilinmaydigan jumlalar
    • Farzandingizga aytish yaxshi oqibatga olib kelmaydigan 8 jumla
    • Bola dars qilishni istamasa, qanday yo‘l tutish kerak?

    08.10.2020, 20:59   Izoh (0)   38799
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Nima uchun bolalar tirnog‘ini tishlaydi? Bunday vaziyatda qanday yo‘l tutgan ma’qul?

    24.09.2020, 17:46

    Qanday qilib millioner farzand tarbiyalash mumkin? Ilon Maskning onasi farzandlarni tarbiyalash siri bilan bo‘lishdi

    12.09.2020, 07:35

    Orzudagidek ona bo‘lishni istaganlar uchun 5 tavsiya

    02.09.2020, 10:55

    Farzandli ayollar amal qilishi kerak bo‘lgan 6 qoida

    02.08.2020, 14:41

    Nima uchun o‘g‘il bolalarni mushtlashishga o‘rgatish kerak?

    12.02.2018, 21:19

    Bolalar massaji haqida 6 ta savol: ekspert javob beradi

    12.02.2018, 12:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.