Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 4-turida “Barselona” 1-oktabr, payshanba kuni “Selta” maydonida mehmon bo‘ldi.

Foto: Goal

Uchrashuvni faol boshlagan katalonlar 11-daqiqaga kelib hisobda oldinga o‘tib oldi: Ansu Fati ketma-ket ikkinchi o‘yinda jamoasining dastlabki goliga muallif bo‘ldi.

Birinchi bo‘lim oxirlab borayotgan bir vaqtda “Barselona” Kleman Langlening kutilmagan chetlatilishidan keyin bir o‘yinchi kam bo‘lib qoldi. Shunga qaramay mehmonlar ikkinchi bo‘limda ham tezkor gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Lionel Messining jarima maydoniga yorib kirib bergan zarbasidan keyin to‘p Lukas Olasaga tegib darvozadan joy oldi. O‘yin yakunlanishi arafasida Serxi Roberto hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Shu tariqa Ronald Kuman shogirdlari ketma-ket ikkinchi o‘yinni g‘alaba bilan yakunladi.

“Sevilya” jamoasi o‘z uyida “Levante”ni qabul qildi va Yusuf an-Neserining hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtdagi goli evaziga uch ochkoga ega bo‘ldi. Bilbaoning “Atletik” jamoasi esa 9 kishi bo‘lib qolgan “Kadis”ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

La Liga

4-tur bahslari

1-oktabr, payshanba

“Selta” — “Barselona” 0:3

Gollar: 0:1 – 11 Fati, 0:2 – 51, avtogol Olasa, 0:3 – 90+5 Serxi Roberto.

“Selta”: Vilyar, Aydu (Baesa, 46), Olasa, Fontan (Arauxo, 32), Murilyo, Denis Suares, Tapiya (Beltran, 74), Mor (Santi Mina, 60), Veyga (Nolito, 60), Malo, Aspas.

“Barselona”: Neto, Alba, Pike, Langle, Serxi Roberto, Buskets, Koutinyo (Pedri, 72), de Yong, Fati (Trinkau, 72), Messi, Grizmann (Arauxo, 45).

Ogohlantirishlar: Langle (23), Aydu (39), Pike (42), Arauxo (48), Tapiya (69), Murilyo (75), Alba (84), Buskets (87), Beltran (90).

Chetlatish: Langle (42).

“Atletik” — “Kadis” 0:1

Gol: 0:1 – 57, avtogol Unai Lopes.

Chetlatishlar: Akapo (48), Negredo (70) — ikkisi “Kadis”.

“Sevilya” – “Levante” 1:0

Gol: 1:0 – 90+2 an-Nesiri.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!