Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 5–7-oktabr kunlari Sankt-Peterburgdan O‘zbekiston shaharlariga 4 ta repatriatsiya qatnovlarini amalga oshiradi, bu haqda Transport vazirligi xabar qilmoqda.

Foto: “Daryo”

Qayd etilishicha, O‘zbekiston fuqarolariga vatanga qaytib kelishida qulay sharoitlar yaratish maqsadida Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Sankt-Peterburgdan Samarqand, Farg‘ona, Termiz va Urganch shaharlariga quyidagi jadval bo‘yicha repatriatsiya qatnovlarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda (parvoz soatlari mahalliy vaqt bilan ko‘rsatilgan):

5-oktabr. HY 3640 Sankt-Peterburg–Samarqand 12:40/19:30

6-oktabr. HY 3636 Sankt-Peterburg–Farg‘ona 01:40/08:45

6-oktabr. HY 3712 Sankt-Peterburg–Termiz 15:20/22:30

7-oktabr. HY 3638 Sankt-Peterburg–Urganch 04:55/11:15

Shuningdek, aviakompaniya 2020-yil Qozon shahridan Toshkentga amalga oshiriladigan charter qatnovi uchun erkin sotuv ochilganini ma’lum qiladi.

Aviakompaniyaning eslatib o‘tishicha, ushbu qatnovlardan faqat COVID-19 PZR testining (test qatnov sanasidan uzog‘i bilan 72 soat oldin amalga oshirilishi kerak) manfiy natijasi haqidagi ma’lumotnomaga ega bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari foydalanishi mumkin. PZR ma’lumotnomasi bo‘lmagan yo‘lovchilar aviakompaniya qatnovlariga qo‘yilmasligi ta’kidlangan.

Avvalroq Samara va Rostovdagi palata lagerlarda yashagan barcha o‘zbekistonliklar vatanga qaytarilishi ma’lum qilingandi.