“Real” Ispaniya chempionatining 3-turi doirasida o‘tkazilgan o‘yinda “Betis”ni mag‘lub etdi.

Foto: Twitter

La Liganing Twitter’dagi sahifasida yozilishicha, Zinedin Zidan Madrid klubi boshqaruvida musobaqadagi 100-g‘alabasini qo‘lga kiritgan.

Ushbu ko‘rsatkichga erishish uchun fransiyalik mutaxassisga 147 uchrashuv kerak bo‘ldi.

“Real” 2 o‘yin o‘tkazgan holda 4 ochko bilan musobaqa jadvalida 5-o‘rinda bormoqda.

Ma’lumot uchun, Zidan “qirollik klubi”ni 2016-yildan (orada bir yil tanaffus bilan) beri boshqarib keladi. Madrid klubi uning qo‘l ostida ketma-ket uch bor Chempionlar Ligasi bosh sovriniga ega chiqqan, shuningdek, jamoa La Ligada ham ikki bor g‘olib bo‘lgan.