Moskvada o‘tgan bir sutka yana 1050 kishida koronavirus aniqlandi. Bu iyun oxiridan buyon Rossiya poytaxtda COVID-19 infeksiyasi bilan kasallanish bo‘yicha qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi, deb xabar beradi tezkor shtab.

Foto: “Moskva” agentligi

Biroq faol holatlar dinamikasi salbiyligicha qolmoqda. Avvalroq poytaxt merining o‘rinbosari Anastasiya Rakova Moskvada 1304 kishi infeksiyani yengishga muvaffaq bo‘lgani to‘g‘risida xabar bergandi.

Rossiya poytaxtda so‘nggi bor koronavirus bilan kasallanish holatlarining kunlik ko‘rsatkichi 23-iyunda ming kishidan oshgan. O‘shanda Moskvada 1081 kishi COVID-19’ga chalingan. Shu bilan birga, sog‘aygan bemorlar soni hozirgidan yuqori edi — 2578 kishi.

Ayni paytda Rossiyada koronavirusga qarshi faqat bitta vaksina ro‘yxatdan o‘tgan — Gamaleya nomidagi markazning “Sputnik V” vaksinasi. U avgust oyida klinik sinovlar tugashidan oldin ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Davlat virusologiya va biotexnologiya ilmiy-tadqiqot markazining ikkinchi mahalliy “Vektor” vaksinasi ham sinov bosqichida.

“Vektor”dan tashqari Rossiyada ikkita chet el vaksinasi: Xitoyning Sinopharm va Britaniya—Shvetsiyaning AstraZeneca kompaniyasi tomonidan yaratilgan vaksina ro‘yxatdan o‘tkazishga tayyorlanmoqda. AQShda 9-sentabr kuni AstraZeneca farmatsevtika kompaniyasi vaksinaning  uchinchi faza sinovlarini to‘xtatib qo‘ygan, bunga bemorlardan birida ikkilamchi ta’sir paydo bo‘lgani sabab bo‘lgandi. Oradan bir necha kun o‘tib, sinovlar yana davom ettirilgan.