Koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqishda Oksford universiteti bilan ish olib borayotgan farmatsevtika kompaniyasi AstraZeneca, ko‘ngillilaridan birida ikkilamchi ta’sir paydo bo‘lgani sababli to‘xtatib qo‘yilganidan so‘ng sinovlarni qayta boshladi. Bu haqda kompaniyaga tayanib “RBK” xabar qildi.

Foto: AP Photo

Kompaniyaning xabar berishicha, AZD1222 koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlari Buyuk Britaniyaning Dori vositalari va sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan sinovlarni davom ettirishning xavfsizligi to‘g‘risida tasdiq olgandan so‘ng qayta boshlandi.

AstraZeneca va Oksford universiteti vaksina sinovida qatnashgan ko‘ngillida hosil bo‘lgan ikkilamchi ta’sir bo‘yicha tibbiy ma’lumotlarni oshkor qila olmasligini bildirgan.