• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Marshal Abdurashid Do‘stum: “Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMTdagi nutqini alohida tarixiy voqea deb hisoblayman”

    Asli kelib chiqishi afg‘onistonlik o‘zbek bo‘lgan, hozirda Afg‘oniston vitse-prezidenti Marshal Abdurashid Do‘stum Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida so‘zlagan nutqi borasidagi fikrlari bilan bo‘lishdi, deb xabar beradi O‘zA.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo
    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida so‘zlagan nutqini alohida tarixiy voqea deb hisoblayman.

    Bu nutqda dunyodagi va mintaqadagi muammolar xususida O‘zbekiston siyosiy yondashuvi aniq va teran yoritib berilgan. O‘zbekiston Prezidenti ushbu chiqishining tarixiy ahamiyati shundan iboratki, BMT tarixida ilk marotaba mustaqil O‘zbekiston rahbari o‘zbek tilida nutq so‘zladi.

    Men bundan shaxsan o‘zim o‘zbek o‘g‘loni va afg‘onistonlik o‘zbeklarning rahbari sifatida faxrlanaman. Bu biz uchun yuksak iftixordir. O‘zbek tilida so‘zlangan bu nutq nafaqat 34 millionlik O‘zbekiston ahlini, balki dunyodagi ko‘plab mamlakatlarda yashovchi millatdoshlarimizni, xususan, Afg‘onistondagi o‘zbeklarni ham chin ma’noda g‘ururlantirdi.

    O‘zbekistonning, xususan, Prezident Shavkat Mirziyoyevning oxirgi yillarda olib borayotgan siyosati va islohotlari nafaqat mamlakat ichidagi oqilona o‘zgarishlarga, balki O‘zbekistonning mintaqadagi va dunyodagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarda faol ishtirok etishiga xizmat qilmoqda. O‘zbekiston har doim o‘zining tinchlikparvarlik siyosati bilan dunyo hamjamiyatida o‘z o‘rniga ega bo‘lib kelgan. 2001-yil oxirida Afg‘onistonda boshlangan xalqaro terrorizmga qarshi kurashni amalga oshirish tashabbuschilaridan biri ham O‘zbekiston edi.

    O‘tgan yillar davomida O‘zbekiston o‘z yo‘lida davom etdi, qo‘shni Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, bu mamlakatni mintaqaviy jarayonlarga faol jalb qilish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soldi. Xususan, 2018-yil mart oyida O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan o‘tkazilgan oliy darajadagi Toshkent konferensiyasi afg‘on muammosini tinchlik yo‘li bilan hal qilishga asosiy turtki bo‘ldi. Olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida yaqinda Qatarning Doha shahrida birinchi marta afg‘onlararo muzokaralar o‘tkazildi. O‘ylaymanki, bu boshlangan ezgu ish o‘z ijobiy natijasini beradi.

    O‘zbekiston hukumatining Afg‘oniston hududida barpo etishi kutilayotgan Surxon–Puli Xumri elektr uzatish tarmog‘i hamda Mozori-Sharif shahridan Hind okeaniga olib chiquvchi temir yo‘l loyihalari mening yurtimning iqtisodiy-ijtimoiy rivojiga ulkan hissa qo‘shadi. Mazkur tashabbuslar tarixda ikki davlatni chambarchas bog‘lovchi ramziy ko‘prik sifatida qolishiga ishonaman.

    Marshal Abdurashid Do‘stum, Afg‘oniston milliy islomiy harakati asoschisi, Afg‘oniston o‘zbeklari rahbari

    Shavkat Mirziyoyev 23-sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasining yalpi qismida so‘zga chiqib, xalqaro hamjamiyat e’tiboriga mintaqaviy va global ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan o‘z nuqtayi nazarini taqdim etdi hamda O‘zbekistonni siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy modernizatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.

    Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti sessiyada qashshoqlikni tugatish va kambag‘allikka qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlashni, Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish haqida BMT rezolyutsiyasini qabul qilishni taklif etgan.

    Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining onlayn formatda o‘tayotgan 75-sessiyasida nutq so‘zladi (video)

    24.09.2020, 22:11   Izoh (0)   33136
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyaning Rostov viloyatida vatanga qaytayotgan O‘zbekiston fuqarosi poyezdga chiqishdan oldin vafot etdi

    24.09.2020, 21:57

    O‘zbekiston xalq baxshisi Shomurod baxshi 88 yoshida vafot etdi

    24.09.2020, 21:45

    Shavkat Mirziyoyev: “Hokimlarni xalq saylashi kerak. Shu kunlarga baribir kelamiz”

    24.09.2020, 21:23

    Farg‘ona YuNESKOning Ta’lim shaharlari global tarmog‘iga qabul qilindi

    24.09.2020, 21:10

    O‘zbekistonda bir qator tovarlarga import bojini kamaytirish masalasi muhokama qilindi

    24.09.2020, 20:59

    “Qashqadaryoda majburiy mehnat kuzatilmadi, ammo terimchilarga yaratilgan shart-sharoitni zo‘r deb bo‘lmaydi”. Respublika ishchi guruhi dastlabki xulosalarini ma’l...

    24.09.2020, 20:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.