Nostandart ko‘rinishdagi qurilmalar imkoniyatlari kengligi bilan hayotni qulaylashtirish uchun xizmat qiladi. Kaft kattaligidagi kir yuvadigan mashina, uyg‘otib o‘rindan turishga majbur qiladigan “budilnik”, simsiz fen  bularning bari XXI asr uchun yangilik emas.

Aqlli krovat

Foto: AdMe

70 dyuymli ekran va 4K proyektorli krovatga yoritish tizimi ham o‘rnatilgan. Bundan tashqari undagi dastur orqali, uyqu, harorat, tana vazni va xonadagi havo sifatini aniqlash mumkin.

Qahva qaynatib beradigan “budilnik”

Foto: AdMe

Suratdagi mashina ertalab turishga qiynaladiganlar uchun ikki karra qulaylik keltiradi. U “budilnik” sifatida uyg‘otishi va qahva yoki choy damlab berishi ham mumkin.

Simsiz fen

Foto: AdMe

Ishlab chiqaruvchilar foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida ortiqcha simlardan voz kechish niyatida. Simsiz quloqchin hech kim uchun yangilik emas, endigi navbat esa simi yo‘q fenlarga. Bunday fen shoshilinch safarlarga yoki zaruriyat yuzasidan sumkada olib ketish uchun qulay.

Tez uxlashga yordam beradigan aqlli gadjet

Foto: AdMe

Uyqusida muammo borlar uchun mazkur qurilma foydali bo‘lishi mumkin. Gadjetdan yuqoriga tomon nur taraladi. Uning rangi o‘zgarib turadi va unga muvofiq ravishda nafas olib, nafas chiqarish kerak bo‘ladi.

Idish yuvadigan qurilma

Foto: AdMe

Idish yuvishdan charchaganlar uchun mazkur qurilma ayni muddao. Uni ishlatish uchun cho‘tkalari orasiga idishni qo‘yish va qurilmani yoqishning o‘zi kifoya.

Bukchayishning oldini oladigan kreslo

Foto: AdMe

Ishlab chiqaruvchilarning ta’kidlashiga qaraganda, kreslo tabiiy yo‘l bilan umurtqa pog‘onasini to‘g‘irlanishi va ish hamda o‘qishga diqqat qaratishga yordam beradi.

Telefon qo‘yish uchun egiluvchan moslama

Foto: AdMe

Qo‘l telefonida video yoki serial ko‘radiganlar uchun mazkur moslama juda ham qulay. Uni istalgan yerga, xohlagan balandlikka o‘rnatish va krovatda yotib yoki uzoqroqdan ham bemalol tomosha qilish mumkin.

Turishga majbur qiladigan “budilnik”

Foto: AdMe

Erta tongda o‘rnidan turishi qiyin, lekin ish yoki o‘qishga barvaqt borishi kerak bo‘lganlar uchun quyidagi “budilnik” ayni muddao. Belgilangan vaqtda shovqin bilan uyg‘otgan “budilnik”ni o‘chirish uchun unga oyoqlarni qo‘yish va kamida 3 soniya turish kerak bo‘ladi.

Qo‘l kafti kattaligidagi kir yuvadigan gadjet

Foto: AdMe

Mazkur gadjet ultratovushli texnologiya orqali kiyimlarni tozalaydi. Uning yordamida rakovinada bir zumda kirlarni yuvib olsa bo‘ladi.

Bukiladigan suv soladigan idish

Foto: Difold

Plastik idish va plastmassalar ekologiya uchun xavfli ekanini inobatga olgan holda Difold kompaniyasi suv solish va ichida hech narsa yo‘qligida buklab sumkada olib yurish uchun mo‘ljallangan ixcham idishlarni taqdim qildi.