Daryo

Singapurda soyalardan elektr energiyasini ishlab chiqaradigan qurilma yaratildi

Bu an’anaviy quyosh panellaridan samaraliroq bo‘lib chiqdi

1 daqiqa o‘qish41 213 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Flickr

Singapurlik olimlar soya va yoritilgan hudud orasidagi keskinlik farqidan elektr energiyasini ishlab chiqarishga qodir texnologiyani yaratdi. Bu an’anaviy quyosh panellaridan samaraliroq bo‘lib chiqdi, deb xabar beradi Futurity.

Foto: Flickr

Qurilma asosini egiluvchan plastik tashkil etib, uning ichidan kremniy va oltin folgadan iborat bo‘lmalar joy olgan.

Qurilmaga biroz soya tusha boshlagach, u elektr energiyasini ishlab chiqarishni boshlaydi. Ushbu holatda elektr energiyasi devays to‘liq quyosh nurida turganidanda ko‘proq ishlab chiqariladi.

Tajriba davomida mazkur yangi qurilmaga ulangan raqamli soatlar ishlab chiqarilgan energiyadan bemalol foydalangan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ixtiro nafaqat mayda gadjetlar borasida, balki harakatga keltiruvchi datchiklarni ham quvvatlantirishda foyda berishi mumkin.

Mavzuga doir: Smartfon akkumulyatorini “o‘ldirib qo‘ymaslik” uchun nimalarga e’tibor qaratish kerak?

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar