O‘zbek shou-biznesi vakillari 22-sentabr kuni vafot etgan taniqli suxandon va xonanda Shuhrat Qayumovni xotirlamoqda.

O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov marhumning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.

Manzura Shuhrat Qayumovning vafotini san’at ahli uchun og‘ir yo‘qotish ekanligini yozib qoldirdi.

Mavluda Asalxo‘jayeva marhumni xushfe’l va muloyim inson sifatida xotirladi.

Ozoda Nursaidova ham Shuhrat Qayumovning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Shoir Bobur Bobomurod Shuhrat Qayumovning har yili Makkaga borish istagi borligini yodga oldi.

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova ham hamdardlik so‘zlarini yozib qoldirdi.

Yulduz Turdiyeva marhumning yaxshi inson bo‘lganini yozib qoldirdi.

Tojibar Azizova ham Shuhrat Qayumovning “har tomonlama chiroyli inson” bo‘lganini yozdi.

Hilola Hamidova marhumning yaqinlariga sabr tiladi.