Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligining Birinchi bo‘lim mas’ul xodimi Shuhrat Rasulov vafot etdi. Bu haqda vazirlik tomonidan ma’lum qilindi.

Shuhrat Rasulov, O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligining Birinchi bo‘lim mas’ul xodimi

Shuhrat Rasulov, O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligining Birinchi bo‘lim mas’ul xodimi
Foto: Xalq ta’limi vazirligi

“O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi jamoasi Birinchi bo‘lim mas’ul xodimi Shuhrat Vohitovich Rasulovning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolariga, yaqinlariga va do‘stlariga ta’ziya izhor qiladi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Vazirlik 1962-yilda tug‘ilgan 58 yoshli Shuhrat Rasulov so‘nggi vaqtlarda koronavirus infeksiyasidan shifoxonada davolanayotganini ma’lum qilgan, biroq keyinroq xabardan mazkur jumlani o‘chirib tashlagan.

Avvalroq O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumani bosh imom-xatibi Tohir domla Ismatillayev vafot etgani haqida xabar bergandi. Qo‘mita tomonidan berilgan xabarda imomning vafoti sababi ma’lum qilinmagan.

Shuningdek, O‘zbekiston Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Mablag‘larni boshqarish va pensiya, nafaqalar to‘lovi monitoringi bo‘limi boshlig‘i Mirodil Qosimov vafot etgani haqida xabar berildi. Jamg‘arma tomonidan ma’lum qilinishicha, Qosimov jiddiy kasallikka qarshi og‘ir kurashdan so‘ng, 2020-yil 19-sentabr kuni vafot etgan. U aynan qaysi kasallik asoratlari oqibatida vafot etganiga aniqlik kiritilmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Britaniya hukumati “Vagner”ni terrorchi tashkilot deb e’lon qilmoqchi — The Telegraph
Dunyo
AQSHda xavfli moddalarni olib ketayotgan yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?