Germaniyalik 17 yashar Milena Instagram’dagi hairstylist.dream sahifasida soch turmaklari fotosi bilan bo‘lishadi. U stilistlikni YouTube’dagi videolarni tomosha qilish orqali mustaqil o‘rgangan.

Foto: Instagram / hairstylist.dream.

6 yoshidan bu kasbga qiziqishi paydo bo‘lgan iste’dod sohibasi ayni vaqtda sochlarni turli murakkablikda o‘rishi va turmaklay olishi mumkin.

Qiz Bored Panda portaliga bergan intervyusida avvaldan to‘qishga qiziqqani, 10 yoshga to‘lganida esa to‘qishdagi sxemalarni soch turmaklashda qo‘llashni boshlaganini ta’kidlagan.

https://www.instagram.com/p/B8I8tWmCe0p/

Unda g‘oya qolmaganida bir soch turmagining o‘zida bir necha turdagi soch o‘rish uslubidan foydalanadi.

https://www.instagram.com/p/CDisO53inyx/

Milenaning so‘zlariga qaraganda, soch turmaklashga kirishib ketib vaqt o‘tganini bilmay qolishini aytmasa, qilayotgan ishi uni muammolarni unutish va tinchlanishga yordam beradi.

https://www.instagram.com/p/B8jJUUjCKaz/

Qizning Instagram sahifasida 46 mingdan ortiq obunachisi bor va u tomonidan joylangan ijod namunalari kuzatuvchilar maqtoviga sabab bo‘ladi.