Daryo

Makiyaj mukammal chiqishi uchun Victoria’s Secret vizajistlari amal qiladigan qoidalar

Quyuq va rangli pudra yuzni niqob singari notabiiy ko‘rsatishi mumkin

1 daqiqa o‘qish62 829 ko‘rishlar0 izoh0

Amerikaning ayollar uchun mo‘ljallangan Victoria’s Secret brendi modellari o‘zining go‘zalligi va chiroyi bilan hamisha diqqat markazida bo‘lgan. Ularning qiyofasidagi o‘ziga xoslikni aks ettirishda esa kompaniya vizajistlari xizmati beqiyos. Modellarni makiyaj qilishda vizajistlar tomonidan amal qilinadigan qoidalar nimadan iborat? Quyida ushbu savolga javob berib o‘tamiz.

Parvarish

Makiyaj yuzda mukammal turishi uchun yuzni tozalash, parvarishlash va namlantirish bosqichlari amalga oshirilgan bo‘lishi kerak. Aksari vizajistlar yuzni mitselyar suv bilan tozalab, standart baza surtishni o‘zi bilan cheklanadi, lekin bu yetarli emas. Tozalash jarayonida iloji boricha, gel va suvdan foydalanish kerak. Namlantiruvchi kremni unutmaslik shundan keyingina, kerak bo‘lsa baza surtish kerak.

Foto: “Yandeks Dzen”

Konsilyer

Avvallari konsilyerni teri rangidan ko‘ra ochrog‘idan foydalanish kerak degan tushuncha mavjud bo‘lgan. Lekin bu uslub yaqqol konturing uchungina ayni muddao. Konsilyerni teri rangidagisidan foydalanish va iloji boricha makiyajda ajralib qolmasdan, tabiiy turishiga e’tibor qaratish kerak.

Foto: “Yandeks Dzen”

Pudra

Yuzingiz uchun tonal krem shart bo‘lmasa, unda hamma ishlatgani uchungina uni xarid qilish va foydalanish tavsiya qilinmaydi. Avvalo teri holatiga e’tibor bering, keyin bo‘lsa makiyaj uchun mo‘ljallangan standart mahsulotlardan foydalaning. Pudradan foydalanishda rangsiz, uqalanib ketmaydiganini tanlash maslahat beriladi. Quyuq va ranglisi yuzni niqob singari notabiiy ko‘rsatishi mumkin. Pudra ayniqsa yoz makiyaji uchun ayni muddao. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar