Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining qoldirilgan 1-turi doirasida PSJ 16-sentabr, chorshanba kuni “Mets”ga qarshi bahs olib bordi.

Foto: PSJ

Dastlabki bo‘limda parijliklar total ustunlikka ega bo‘lgan bo‘lsa-da, hisobni o‘zgartira olmadi. Uchrashuvning 65-daqiqasida PSJ himoyachisi Abdu Diallo ikkinchi sariq kartochkasini olib maydonni tark etdi.

Barchasi durang tomon ketayotgan bir paytda Yulian Draksler hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda gol urgan holda Parij shahri jamoasining g‘alabasini ta’minladi.

Shu tariqa PSJ Liga 1 joriy mavsumidagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Avvalroq Tomas Tuxel shogirdlari ketma-ket ikki mag‘lubiyatni qabul qilib olgandi.

Liga 1

1-tur bahsi

16-sentabr, chorshanba

PSJ — “Mets” 1:0

Gol: 1:0 – 90+3 Draksler.

PSJ: Navas, Abdu Diallo, Bakker (Bernat, 63), Dagba, Markinyos, Draksler, Errera, Di Mariya, Guye (Fadiga, 84), Sarabiya (Kimpembe, 69), Ikardi.

“Mets”: Ukija, Bronn, Boye, Delen, Fofana, Pajo (Angban, 86), Bulaya (Maziz, 82), Maiga, Santonz, Nyan (Ambroz, 82), Diallo (Ngette, 73).

Ogohlantirishlar: Diallo (1), Maiga (46), Draksler (56), Santonz (61).

Chetlatish: Abdu Diallo (65).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!