“O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi rahbariyatida ikki tayinlov amalga oshirildi,deya xabar bermoqda O‘zA.

Ma’lum qilinishicha, Nodir Mirahmedov “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Foto: O‘zA

Nodir Mirahmedov 1974-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. U shu vaqtga qadar “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Komila Negmatova esa “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi rais o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

Foto: O‘zA

Komila Negmatova 1975-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. U shu vaqtga qadar Toshkent davlat texnika universiteti Fan va taraqqiyot davlat unitar korxonasining “kompozitsion materiallar” laboratoriya mudiri lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.