Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh Turmatov vafot etdi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan ma’lum qilindi.
“Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbariyati va jamoasi diniy sohada ko‘p yillar samarali xizmat qilgan jonkuyar ulamo, Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh domla Turmatovning vafoti munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor etadi”, — deyiladi qo‘mita xabarida.
Qo‘mita tomonidan berilgan xabarda Toshkent viloyati bosh imom-xatibining vafoti sababi ma’lum qilinmagan.
“Daryo” manbalarining ma’lum qilishicha, 44 yoshli Xayrulloh Turmatov koronavirusdan davolanayotgan edi.
Izoh (0)