Osiyo Chempionlar Ligasining g‘arb mintaqasida 3-turi o‘yinlari ortda qoldi.

OFK musobaqaning uchinchi turi ramziy terma jamoasini e’lon qildi. Undan “Paxtakor” hujumkor yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov ham o‘rin oldi.

Foto: OFK

“Paxtakor” 3-turda musobaqaning amaldagi chempioni “Al-Hilol”ga qarshi bahs olib bordi va so‘nggi soniyalardagi gol tufayli mag‘lubiyatga uchradi (1:2).

OChL 3-tur ramziy terma jamoasi bilan tanishing:

Darvozabon: Bred Jons (“An-Nassr”);

Himoyachilar: Shoja Xalilzoda (“Sepaxon”), Mehdi Benatiya (“Ad-Duhayl”), Sulton al-G‘annam (“An-Nassr”);

Yarim himoyachilar: Santi Kasorla (“As-Sadd”), Nam Tay Hi (“As-Sadd”), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Ramin Rizoyan (“Ad-Duhayl”);

Hujumchilar: Kodjo Laba (“Al-Ayn”), Abdulrazzoq Hambulloh (“An-Nassr”).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!