“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski myunxenliklar muxlislari talqiniga ko‘ra 2019/20-yilgi mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

Foto: Getty Images

Polshalik futbolchi umumiy ovozlarning 51 foizini qo‘lga kiritgan. Ikkinchi o‘rindan qanot himoyachisi Alfonso Devis (16%) o‘rin olgan bo‘lsa, Tomas Myuller (13%) kuchli uchlikka yakun yasagan.

Levandovski 2019/20-yilgi mavsumda “Bavariya” safida 55 ta gol urishga erishdi. Robert “Bavariya” bilan qatnashgan barcha musobaqa (Bundesliga, Germaniya Kubogi va Chempionlar Ligasi) to‘purariga aylandi.

Avvalroq Levandovski Germaniya sport jurnalistlari assotsiatsiyasi talqini ko‘ra, Germaniyada 2020-yilning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!