Krasnoyarskda istiqomat qiluvchi fuqaro ko‘plab tashlandiq avtomobillar saqlanayotgan ulkan maxsus avtoturargohga duch keldi. Uning hududiga kirishga muvaffaq bo‘lgan erkak avtomobillar holati borasida fotoreportaj tayyorlagan, deb xabar beradi Motor.

Foto: Motor

Maxsus turargohda Rossiyada ishlab chiqarilgan ko‘plab avtomobillarni uchratish mumkin. Ularning aksariyati achinarli ahvolda — modellar kuzovi zanglab ketgan yoki avariyadan so‘ng pachoqlangan.

Foto: Motor

Shuningdek, mashinalar orasida xorijda ishlab chiqarilgan qimmatbaho modellar ham mavjud. Suratlardan avtoturargohdagi ko‘plab avtomobillarga qaraganda yaxshi saqlangan Audi A6’ni ko‘rish mumkin. Bundan tashqari, g‘ildiraklarining havosi chiqarib yuborilgan Mercedes-Benz G-klass va oynalari sinib, saloni yonib ketgan Range Rover ham bor.

Foto: Motor

Foto: Motor

Avtomobillarning katta qismi chirishni boshlaganiga qaramay, modellarning katta qismi hamon YHXBBda ro‘yxatida turibdi. Ularning egalari qachondir o‘z mashinalarini olib ketishga kelishi mumkin.

Foto: Motor

Avvalroq Portugaliyada 50 ga yaqin klassik Mini modellari saqlangan ombor, Saudiya Arabistonida esa sovet “Volga”lari “qabristoni” topilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.