• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Bibi Netanyaxu va “Altalena” qasosi. Fashistlardan ilhomlangan sionistlar va ularning bugungi davomchilari haqida

    “Daryo” kolumnisti, rossiyalik siyosatshunos Mixail Magid bugungi Isroil siyosiy elitasida borayotgan voqealar haqida hikoya qiladi. U bosh vazir Binyamin Netanyaxuning parlament bilan ixtilofi hamda bu ixtilof ortida turgan ideologik qarama-qarshilik ildizlarini tahlil qiladi.

    Isroil prokuraturasi bosh vazir Binyamin (Bibi) Netanyaxuni korrupsiyada ayblamoqda. Ayblov uch xil epizod bo‘yicha: poraxo‘rlik, qalloblik hamda ishonchni suiiste’mol qilish borasida ilgari surilgan va sud boshlangan. Matbuot esa Masiyaxu shohona qamoqxonasida Bibi qanday vaqt o‘tkazishi haqida yozmoqda. Bosh vazir esa qarshi hujumga o‘tgan. U Oliy sudning vakolatlarini cheklovchi va avvalgi sud tizimini barbod qiluvchi yangi qonunlarning qabul qilinishiga erishmoqchi.

    Benyamin Netanyaxu.

    Benyamin Netanyaxu.
    Foto: Google Photos

    Netanyaxuning hayoti va Isroil tarixining og‘riqli nuqtalari bilan bog‘liq muhim tafsilotlar mavjud. Isroildagi joriy siyosiy inqirozga ko‘p jihatdan ushbu tafsilotlar izoh bo‘la oladi.

    Benyamin Netanyaxu Isroil davlati tashkil qilinganidan bir yil o‘tib, 1949-yilda sionizmning revizionist oqimi yetakchisi bo‘lgan Zev Jabotinskining shaxsiy kotibi va tarix fani professori Bension Netanyaxu oilasida tug‘ilgan. Isroil davlati tuzilganidan keyingi 1950–1960-yillar Bension singarilar uchun tahlikali vaqt bo‘lgan. U ham o‘z boshlig‘i kabi o‘ng-radikal millatchilik qarashlar egasi edi. Ehtimol, Bension Isroilning o‘sha paytdagi revizionistlari yetakchisi bo‘lgan Manaxem Begindan ham ko‘ra arablarni qattiqroq yomon ko‘radigan odam bo‘lgan bo‘lsa kerak.

    1930-yillarda taniqli revizionistlardan biri Abba Aximeir “Fashist kundaliklari” nomli kitob yozgan va ushbu kitob nomi hazil nom emas edi. Bu oqim vakillaridan ayrimlari “Gitler – zo‘r odam va agar antisemitizm bo‘lmaganida, boshqa hamma narsa yaxshi” – degan fikrda bo‘lgan. Urush yillarida esa eng radikal revizionistlar Gitlerga hamkorlik ham taklif qilgan va ularning maqsadi Falastinni inglizlardan tortib olib, u yerda yahudiy davlati tashkil qilish bo‘lgan.

    Revizionistlar sionizm ichida birinchi rus inqilobidan to 1977-yilgacha hukmronlik qilgan oqim – sotsial-demokratlar oqimining raqiblari bo‘lgan. Arablar bilan murosa yo‘lining dushmani bo‘lish bilan birga revizionistlar, shuningdek, sotsialistik mamlakatlarga xos bo‘lgan, davlatning iqtisodiyot ustidan hukmronligi masalasini ham qattiq qoralagan. Tarixchi Enrst Noltye aytganidek, revizionistlar “1919–1945-yillardagi fashizm davrida” shakllangan bo‘lib, sionizmning o‘ngchilari bo‘lmish bu oqim vakillari bir necha o‘n yilliklar mobaynida fashizmga xos muayyan belgilarga ega bo‘lgan (radikal millatchilik, davlat va rahnamolarning shaxsiga sig‘inish, har qanday sotsialistlarni yomon ko‘rish).

    Revizionistlar arablarning tinch aholi vakillariga nisbatan terrorlar uyushtirgan va yahudiylarning ham sotsialistik ruhdagi namoyishlariga hujum qilgan; namoyishlarni izdan chiqarish uchun shtreyk-brexerlar tashkil qilingan. O‘z raqiblarini ular “bolsheviklar” deb nomlagan. Yahudiy sotsialistlari va revizionistlar o‘rtasidagi o‘zaro nafrat juda katta edi. Yahudiy ishbilarmonlarining ma’lum qismi sotsializm tahdidi, ya’ni xususiy korxonalarni egalaridan tortib olinishi masalasiga yechim sifatida revizionistlarni maqbul ko‘rgan. Yevropada ham biznes vakillari tomonidan fashizmning moliyalashtirilishi va yirik biznes egalarining o‘g‘lilari tomonidan harakat to‘ldirilib, qo‘llab-quvvatlanishiga ham ayni shu narsa sabab bo‘lgan edi.

    Bo‘lajak Isroil davlatining o‘zagi shakllangan Falastinda va keyinchalik, Isroilning o‘zida bir payt ish fuqarolar urushi boshlanishiga qarab ketayotgan edi. Radikal o‘ngchilar vakillari o‘zlarining “Etsel” va “Lexi” nomli jangari guruhlarini tashkil qilgan edi va ular yanada yaxshiroq qurollanishga urinishayotgan paytda Isroil armiyasi ushbu guruhlar uchun qurol-yarog‘ olib ketayotgan “Altalena” kemasini cho‘ktirib yuborgan. Natijada, Tel-Avivda sionizmning sotsialistlari va revizionistlari o‘rtasida mojaro kelib chiqqan.

    Foto: Google Photos

    Mohiyatan Ispaniyadagi fuqarolar urushining Isroildagi qisqa muddatli talqini bo‘lgan o‘sha mojaroda sotsial-sionist respublikachilar g‘olib chiqdi va yuz bergan voqeani “fashistik qo‘zg‘olonni bostirildi” deb atashdi. Ish katta miqyosli yahudiy fuqarolar urushiga aylanib ketmaganiga sabab esa har ikki taraf ham Isroilni arablar qamal qilishidan qo‘rqishgani bo‘ldi va taqdir bilan o‘yin qilmasdan, aksincha, kuchli dushmanga qarshi birlashishni ma’qul ko‘rishdi.

    Taqdirni qarangki, Falastin arablarini Isroil egallab olgan joylardan siqib chiqarish loyihasini o‘ta-o‘ngchi yahudiylar emas, balki sotsial-sionistlar amalga oshirdi. Lekin revizionistlar shunda ham norozi bo‘ldi. Gap shundaki, Isroil tashkil qilinishidan keyingi ilk o‘n yilliklarda uning siyosiy va iqtisodiy hayotida sotsialistlar mutlaq hukmronlik qilgan. Armiyani, politsiyani, ma’muriy boshqaruvni, hukumatni, OAV va kasaba uyushmalari aynan ular nazoratida bo‘lgan. Maktablarda o‘qituvchilar bolalarga sotsialistlarning raqiblari davlat dushmanlari bo‘ladi deb tushuntirgan. Sanoatni boshqarishda davlat apparati katta ta’sirga ega bo‘lgan, shu orqali yaxshi ish joylari taqsimotida ham (shuningdek, katta xususiy sektor ham mavjud bo‘lgan).

    Boshqa oqim vakillariga – revizionistlarga, stalinistlarga hamda diniy partiyalarga saylovlarda qatnashishga imkon berilgan bo‘lsa-da, (har qalay, sistema SSSRnikidan farq qilar edi), baribir ular ushbu tadbirda begonadek edi. Boz ustiga, muxolifat juda kuchli nazorat ostida tutilgan. Maxsus xizmatlar apparatini to‘laligicha nazorat qilgan Iser Xarel bosh vazir David Ben Gurionning do‘sti edi va u davlatdagi ikkinchi shaxs bo‘lib, ular ikkalasi Isroil siyosatidagi ko‘plab muhim masalalarni do‘stona tushlik ustida hal qilib qo‘yaverishgan.

    Rasman Isroil ko‘p partiyaviylikka asoslangan, demokratik davlat bo‘lib, amalda esa davlatning eng tepasida o‘tirgan sotsial-sionistlarning qat’iy diktaturasiga asoslangan mamlakat edi. 1977-yilda tarixda birinchi bor Isroilda revizionistlar partiyasi – Likud saylovlarda yutib chiqib, hukumat tepasiga kelgunicha ish shu zaylda davom etdi. O‘shandan buyon esa hukumat koalitsiyalarida revizionistlarning, sotsial-sionistlarning va boshqa partiyalarning vorislaridan iborat vakillar bir-birini almashlab kelmoqda.

    1950–1960-yillardagi Bibiga qaytsak. Bunday vaziyatda uning otasi o‘z joyida uzoq vaqt qola olmasdi. Oxir-oqibat uni universitetdan ketishga majbur qilishdi. Oila AQShga muhojirlikka ketdi va vaqti-vaqti bilan Isroilga kelib turishdi. Bibi o‘z otasini ta’qib qilganlarga va ular tashkil qilib olgan “ichkaridagi” davlatga nisbatan nafrat bilan yashadi.

    Revizionistlarning vorisi bo‘lgan “Likud” partiyasi va ushbu partiyaning natsionalistik bloki vakili bo‘lgan Netanyaxuning boshqaruv davri bu “Altalenaning qaytishi” hisoblanadi. Undagi shaxslarning qarashlari ma’lum ma’noda o‘zgargan bo‘lsa-da hamda 1930–1940 yillardagi revizionistlarning g‘oyalarini takrorlamasa-da, lekin ushbu o‘ngchilar bloki o‘z atrofida bir paytlar sotsial-sionistlar boshqaruvidan jabr ko‘rganlarni yoki o‘zini jabrlanganlarning vorisi deb bilguvchilarni to‘plagan.

    Bular Isroilga arab mamlakatlaridan kelgan yahudiylar (ulardan aksariyati Isroilga Yevropadan kelgan yahudiylar tomonidan kamsitilishdan arz qilishardi), ultra-ortodoksal dindor iudeylar (ularga Isroil davlatining dunyoviy xarakteri yoqmasdi), o‘ta millatchi yahudiylar va shuningdek, o‘ziga Ben Gurion hukumati yetarlicha e’tibor qaratmagan deb hisoblagan kambag‘al yahudiylardan iborat odamlardir. Netanyaxuning “ichkaridagi” davlat bilan jangining asl ildizi shu yerda bo‘lib, Isroilda haqiqatan ham sotsial-sionistlar va ularning tarafdorlari bilan vorislari hanuz davlat va jamiyat boshqaruvining muhim sohalarini – eng birinchi navbatda, armiya va sud tizimini nazorat qilib turibdi.

    Bibi va sud organlari o‘rtasidagi urush bu nafaqat siyosiy yetakchi va davlat mashinasidagi unga bo‘ysunmaydigan qismlar o‘rtasidagi urush bo‘libgina qolmasdan, balki bu hali Isroil davlati tashkillanmasidan avval butun sionizm harakatini larzaga solgan eski urushning davomi, “Altalena” uchun qasos hamdir.

    Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin.

    13.09.2020, 16:23   Izoh (0)   42742
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Foto: Yovvoyi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    13.09.2020, 15:44

    Eron Isroil bilan diplomatik aloqa o‘rnatayotgan Bahraynga “qattiq qasos” bilan tahdid qildi

    13.09.2020, 10:21

    AQSh harbiy-havo kuchlari rahbari Ikkinchi jahon urushiga o‘xshash urushga tayyor bo‘lishga chaqirdi

    13.09.2020, 09:20

    Auksionga qo‘yilgan 102 karatli brilliant, 15 tonnalik samolyotni tortgan polvon, to‘q sariq osmon. Hafta suratlari

    12.09.2020, 23:57

    AstraZeneca COVID-19 vaksinasini sinovdan o‘tkazishni davom ettiradi

    12.09.2020, 22:13

    BAA yangi karantin joriy etmaydigan bo‘ldi

    12.09.2020, 19:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH Eronning uchta yadroviy obyektiga zarba berdi

    Dunyo | 22 iyun, 09:20

    O‘zbekistonda davlat organlari faolligining milliy reytingi joriy etiladi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 09:05

    Tramp “Amerika ovozi”ning 639 nafar muxbirini ishdan bo‘shatdi

    Dunyo | 21 iyun, 23:50

    FVV aholiga soat 10:00 dan 17:00 gacha tik tushadigan quyosh nurlari ostida bo‘lmaslikni tavsiya qildi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 23:30

    Braziliyada havo shari qulashi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 21 iyun, 23:10

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Mamelodi Sandauns” — “Borussiya Dortmund” bahsida yettita gol urildi

    Sport | 21 iyun, 23:00

    Farg‘ona aeroportida tanasiga 250 gramm quyma oltinni yashirib olib o‘tayotgan shaxs to‘xtatildi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 22:50

    Panamada favqulodda holat e’lon qildi

    Dunyo | 21 iyun, 22:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.