AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin va KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan yaxshi munosabatda bo‘lgani uchun adolatsiz tanqidlarga uchrayotganini ma’lum qildi. Bu haqda u Michigandagi tarafdorlari qarshisida qilgan chiqishi vaqtida aytib o‘tgan.

Foto: Reuters

“Xorij derjavalari bilan yaxshi munosabatda bo‘lish — bu yomon emas. Biz bunga OAVni va hukumatimizni uzoq vaqt boshqarib kelgan ahmoqlarni o‘rnatishga urinyapmiz… ‘U Putin bilan yaxshi munosabatda — nihoyatda yomon!”. Yo‘q, bu yaxshi. Men unga yoqaman, u ham menga yoqadi. Bu u qadar yomon emas. ‘U Kim Chen In bilan yaxshi munosabatda, bu juda yomon!’ — Yo‘q, bu yaxshi, men ularni ishontirishga urinmoqdaman… Urush boshlamaslik — bu normal”, — deydi Tramp.

Shuningdek, Amerika yetakchisi Xitoy raisi Si Szinpin va Yaponiya bosh vaziri Sinzo Abe bilan ham yaxshi munosabat o‘rnatishga muvaffaq bo‘lganini ta’kidlagan.

Avvalroq Tramp boshqa davlatlar, jumladan, Rossiya bilan til topishishni to‘g‘ri yo‘l deb hisoblashini bildirgandi. AQSh prezidenti televizordagi yangiliklarda “Rossiya” so‘zini eshitishi bilan o‘chirib tashlashini ham qayd etib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, avgust oxirida Tramp Putin, Si Szinpin va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni “jahon darajasidagi shaxmatchilar” deb atagandi.