So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12206.13
    • RUB 127.07
    • EUR 12981.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +17°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    Olimlar Rossiya vaksinasi tufayli COVID-19 mutatsiyaga uchrashi mumkinligidan ogohlantirdi

    24.08.2020, 15:10 55436

    Rossiyaning uchinchi bosqich sinovlaridan o‘tmagan koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini qo‘llash rejasi olimlarni xavotirga soldi, deb yozmoqda Reuters. Ularning fikricha, vaksina yetarli darajada samarali bo‘lmasligi, oqibatda virus mutatsiyaga uchrashi mumkin.

    Foto: Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

    Gap to‘liq himoya qilolmasligi mumkin bo‘lgan vaksinani orqali patogenga “evolyutsion bosim” ko‘rsatish haqida ketmoqda. Britaniyaning Reding universiteti virusologiya professori Ien Jonsning bildirishicha, buning oqibatida virus mutatsiyaga uchrab, yangi shtammni hosil qilishi, u esa keyinchalik boshqa barcha vaksinalarni ham chetlab o‘tadigan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

    “Vaksina samarali ekanligiga ishonch hosil qilmoqchimiz. Biz haqiqatan ham buni bilmaymiz”, — degan AQShning Vanderbilt universiteti tibbiyot maktabining vaksina bo‘yicha mutaxassisi va pediatriya professori Ketrin Edvards. Uning aytishicha, vaksinaning virusga ta’siri, shu jumladan, unga qarshi kurashishi, blokirovka qilishi yoki moslashtirishi xavotir uyg‘otadi.

    “Samarali bo‘lmagan vaksinani qo‘llash juda ko‘p xavf keltirib chiqarishi mumkin. Uning mutatsiyaga uchrashi esa nazariy xavfdir”, — degan Bostondagi Beth-Israel Deaconess tibbiyot markazining mutaxassisi Den Baruh. Shu bilan birga, Baruh koronaviruslarning mutatsiyalanishi chastotasi OIV kabi viruslar holatiga qaraganda ancha past ekanligini ta’kidladi. Ien Jons ham virusning vaksina orqali mutatsiyaga uchrashi kamyob holat ekanligini bildirgan.

    Uning aytishicha, vaksina virusning hujayraga kirib u yerda replikatsiyaga uchrashidan qanchalik samarali himoya qilsa, virus tarqalishi xavfi va kasallik antitana himoyasiga chap berib o‘tishi shunchalik kam bo‘ladi.

    Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning farmatsevtika kompaniyalari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarini birlashtirgan Klinik tadqiqotlar tashkilotlari assotsiatsiyasi Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya markazida ishlab chiqilgan vaksina yetarlicha sinovdan o‘tkazilmagani uchun uni ro‘yxatdan o‘tkazishni kechiktirishga chaqirgandi.

    Bunga javoban Rossiyaning Sog‘liqni saqlashni nazorat qilish federal xizmati (“Roszdravnadzor”) ushbu vaksina bilan bir necha yuzlab ko‘ngillilar emlangani va ularda vaksinaga nisbatan jiddiy nojo‘ya ta’sirlar kuzatilmaganini ma’lum qilgan. Shuningdek, Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining shtatdan tashqari bosh epidemiologi Nikolay Briko COVID-19’ga qarshi vaksinani yaratishda adenovirus asosida bir xil texnologiya ishlatilganini, shuning uchun bu holda u qayta ko‘rib chiqishga, kechiktirishga muhtoj emasligini bildirgan.

    11-avgust kuni ushbu vaksina vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish guvohnomasini oldi. Vaksina to‘liq samaradorlik tadqiqotini o‘tkazish sharti bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan va guvohnoma 2021-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.

    Rossiyada koronavirusga qarshi ushbu vaksinani ommaviy qo‘llash oktabr oyidan boshlanadi. Vaksinaning klinik sinovlari uchinchi fazasining yakunlanishidan (hatto boshlanishidan) oldin ro‘yxatdan o‘tkazilishi preparatni endi nafaqat sinovlardagi ishtiroki uchun kompensatsiya oladigan va nojo‘ya ta’sirga qarshi sug‘urta qilinadigan ko‘ngillilar, balki 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan oddiy odamlar ham qabul qilishi mumkinligini anglatadi.
    Ishlab chiqaruvchilarning va’dalariga qaramasdan, haligacha mazkur vaksina haqida ilmiy jurnallarda hech qanday ma’lumot e’lon qilinmagan. Vaksina ishlab chiqarilishi haqida xabar berish uchun yaratilgan saytda shu paytga qadar o‘tkazilgan qo‘shma faza tadqiqotlari haqida ham ma’lumot berilmagan.

    Mavzuga doir:

    • Rossiyada yaratilgan koronavirusga qarshi vaksina sinovining uchinchi bosqichi ambulatoriya sharoitida o‘tkaziladi
    • Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi uchinchi bosqichda o‘n minglab odamlarda sinovdan o‘tkaziladi
    • “U Putin aytganidek umidliga o‘xshamayapti”. Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasining hujjatlardagi asl holati oshkor bo‘ldi

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    La Liga. “Barselona” safarda durang natija qayd etdi

    Bugun, 02:34

    Angliya Liga Kubogi. “Manchester Yunayted” “Kristal Pelas”ni yirik hisobda mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi

    Bugun, 02:16

    A Seriya. “Yuventus” o‘z maydonida raqibini minimal hisobda mag‘lub etdi

    Bugun, 02:06

    Toshkentning ikki tumanida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

    Bugun, 00:20

    Toshkentning ikki tumanida “svet” vaqtincha o‘chiriladi

    Bugun, 00:05

    O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi Turkiyadagi xotin-qizlarni ogohlantirdi

    Kecha, 23:53

    Bosh prokuratura binosi oldida tadbirkordan norozilar to‘plandi: mahalla raisi namoyishchilar yollangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda

    Kecha, 23:41

    Tobut ko‘tarib ketayotgan politsiyachilar, joniga qasd qilayotgan erkak, o‘g‘lini ish joyiga olib kelgan Ilon Mask — 26-sentabr suratlari

    Kecha, 23:20

    “Xudo qani? — hayqirdi u. — Bilasizlarmi, sizlarga nima demoqchiman! Biz Uni o‘ldirdik — siz va men! Biz uning qotilimiz!...” — “Zardo‘sht tavallosi” asari haqida ...

    Kecha, 23:00

    Ukraina razvedkasi rahbari Rossiyaga dronlar uchirishdan maqsadni ochiqladi

    Kecha, 22:41

    Tavsiya etamiz

    Bosh prokuratura binosi oldida tadbirkordan norozilar to‘plandi: mahalla raisi namoyishchilar yollangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda

    23:00 / 26.09.2023

    Tobut ko‘tarib ketayotgan politsiyachilar, joniga qasd qilayotgan erkak, o‘g‘lini ish joyiga olib kelgan Ilon Mask — 26-sentabr suratlari

    23:00 / 26.09.2023

    “Namanganda kasallangani aytilayotgan bolalarning barchasi sog‘ayib, uyiga qaytgan” — sog‘liqni saqlash vaziri

    21:00 / 26.09.2023

    Gunohlarni yuvish marosimi, suvga oqizilgan farovonlik xudosi, qidiruvdagi diktator — 25-sentabr suratlari

    22:00 / 25.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Jizzaxda yuk mashinasi YPX maskaniga tiqilib qolgani aytilgan video tarqaldi (video)

    19:00 / 26.09.2023

    Hind kinosi afsonalari — Amitabh Bachchan va Raj Kapurning nabirasi Agastya Nanda aktyorlikka qadam qo‘ydi

    09:00 / 26.09.2023

    “Kompromat ishi” yuzasidan ayblanuvchilarga sud hukmi o‘qildi 

    16:00 / 26.09.2023

    O‘zbekistonda endilikda ayrim xodimlarning ish haqi mahalla raisi tomonidan tasdiqlanadi

    19:00 / 26.09.2023

    “Biz tayyormiz” — Medvedev Rossiya NATO bilan jang qilishi haqida gapirdi

    19:00 / 26.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?