Shveysariyaning Olten shahrida noodatiy yomg‘ir yog‘di, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Jigarrang chang yomg‘iri bir necha kun davom etgan. Mahalliy aholi ushbu hodisadan hayratga tushgan. Ularni yer, uylar, mashinalar jigarrang tusga kirgani xavotirga solgan.
Aniqlanishicha, jigarrang chang ko‘rinishli yomg‘ir Lindt & Sprüngli mahalliy qandolatchilik fabrikasidan shamol uchirgan maydalangan kakao donining zarralari bo‘lgan.
Kompaniya vakillarining tushuntirishicha, korxonada ventilyatsiya tizimi ishdan chiqqan, shuning uchun changning bir qismi tashqariga yo‘nalgan.
Fabrikadagi nosozlik bartaraf etilgan, endi hech qanday “shokoladli” yomg‘ir odamlarning tahlikaga tushishiga sabab bo‘lmaydi. Shuningdek, ular barcha mashinalarni o‘z hisobidan yuvib berishga va’da berdi.
Izoh (0)