Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent—Buxoro—Toshkent yo‘nalishidagi 72/71-sonli yo‘lovchi poyezdi qatnovi 20-avgustdan qayta tiklandi. 21-avgustdan Toshkent—Buxoro—Toshkent yo‘nalishida 10/09-sonli “Sharq” yo‘lovchi poyezdi harakati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Shuningdek, 2020-yil 25-avgustdan Termiz—Sariosiyo—Termiz hamda Navoiy—Yangi Zarafshon—Navoiy, 28-avgustdan esa Navoiy—Buzaubay—Navoiy yo‘nalishlarda shaharlararo poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Yo‘lovchilar chiptalarni temiryo‘l kassalaridan, shuningdek, onlayn tarzda ham xarid qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 15-avgustdan boshlab mamlakat hududlari o‘rtasidagi temiryo‘l qatnoviga ruxsat berildi.

Avvalroq “Afrosiyob” poyezdlari Toshkent—Samarqand—Buxoro—Toshkent, Toshkent—Samarqand—Qarshi—Toshkent yo‘nalishida qatnay boshlashi hamda Toshkent—Andijon—Toshkent yo‘nalishida 2 ta yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, 20-avgustdan boshlab mahalliy yo‘nalishlarda qatnovchi bir qator yo‘lovchi poyezdlar qatnovi qayta tiklanishi, 22-avgustdan boshlab shaharlararo elektropoyezdlar qatnovi qayta yo‘lga qo‘yilishi haqida ma’lum qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladigan korxonalar ro‘yxati tasdiqlandi
Mahalliy
“O‘zsanoatqurilishbank” kapitaliga 125 million dollar, “Asakabank”ka 100 million dollar jalb etiladi
Dunyo
Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga kelmoqchi