Toshkent—Buxoro—Toshkent yo‘nalishidagi 72/71-sonli yo‘lovchi poyezdi qatnovi 20-avgustdan qayta tiklandi. 21-avgustdan Toshkent—Buxoro—Toshkent yo‘nalishida 10/09-sonli “Sharq” yo‘lovchi poyezdi harakati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, 2020-yil 25-avgustdan Termiz—Sariosiyo—Termiz hamda Navoiy—Yangi Zarafshon—Navoiy, 28-avgustdan esa Navoiy—Buzaubay—Navoiy yo‘nalishlarda shaharlararo poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Yo‘lovchilar chiptalarni temiryo‘l kassalaridan, shuningdek, onlayn tarzda ham xarid qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 15-avgustdan boshlab mamlakat hududlari o‘rtasidagi temiryo‘l qatnoviga ruxsat berildi.
Avvalroq “Afrosiyob” poyezdlari Toshkent—Samarqand—Buxoro—Toshkent, Toshkent—Samarqand—Qarshi—Toshkent yo‘nalishida qatnay boshlashi hamda Toshkent—Andijon—Toshkent yo‘nalishida 2 ta yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar berilgandi.
Shuningdek, 20-avgustdan boshlab mahalliy yo‘nalishlarda qatnovchi bir qator yo‘lovchi poyezdlar qatnovi qayta tiklanishi, 22-avgustdan boshlab shaharlararo elektropoyezdlar qatnovi qayta yo‘lga qo‘yilishi haqida ma’lum qilingandi.
Izoh (0)