Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko havo-desant brigadasini Vitebskdan mamlakat g‘arbiy chegarasidagi Grodno shahriga joylashtirish to‘g‘risida buyruq berdi, deb yozadi “Interfaks”.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

“Ushbu hududlarda sodir bo‘layotgan voqealarni tinchgina kuzatib o‘tira olmaymiz. Mazkur muammo, shuningdek, harbiylarimizni ham tashvishga solmoqda. Shu sababli g‘arbiy chegaradagi vaziyat keskinlashgani sabab qo‘shimcha ravishda Vitebskdagi havo-desant brigadasini Grodnoga joylashtirishni so‘rayman”, — deydi Lukashenko.

Belarus prezidenti desantchilarning Vitebskdan Grodnoga joylashtirilishi nima sababdaт amalga oshirilayotganiga oydinlik kiritmagan.

Avvalroq Belarusda maxsus xizmatning sobiq xodimlari namoyishlarning bostirilishiga norozilik sifatida formalarini tashlab yuborayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Belarusda 9-avgust kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylov kuni Minsk markazida harbiy texnika paydo bo‘ldi. Belarus militsiyasi saylov uchastkalari oldida to‘plangan odamlarni qo‘lga oldi. Saylov kuni oqshomida mamlakatning barcha yetakchi ommaviy axborot vositalarining saytlari ochilmay qoldi. Poytaxt Minskda prezident saylovidan keyin norozilik namoyishi boshlandi. Shundan buyon mamlakatda norozilik namoyishlari va namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun chiqishlar davom etmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Isroil—Misr chegarasidagi otishma, qabrlarga qadalgan bayroqlar, Rally Muynak’da yonib ketgan avtomobil — hafta suratlari
Dunyo
Rajab Toyyib Erdo‘g‘on parlamentda qasamyod qilib, Turkiya prezidenti lavozimiga kirishdi
Dunyo
Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner”chilarning Baxmutdan chiqish yo‘lini minalab tashlaganini aytdi