AQShning Virjiniya shtati politexnika universiteti Mus laqabli labrador-retriver zotli itga veterinariya fanlari doktori unvonini berdi. Bu haqda ta’lim muassasasi saytida aytiladi.

Foto: YouTube

It institut qoshidagi psixoterapiya markazida “ishlaydi”. U maxsus o‘rgatilgan itlardan foydalangan holda insonlarni davolash jarayonida ishtirok etadi.

Karantin tufayli itga unvon berish jarayoni virtual tarzda o‘tkazildi. Uning egasi Tren Devisning aytishicha, itga haqiqiy diplom berilgan.

“U a’lo darajadagi veterinar bo‘lishi mumkin edi”, — deydi egasi itning ishga joylasholmasligidan afsuslanib.

Mus institutda ikki yoshidan beri, besh yil mobaynida mehnat qiladi. Bu vaqt ichida u 5000 ta individual va guruh mashg‘ulotlarida ishtirok etdi va juda mashhur bo‘lib ketdi.

Foto: YouTube

U okrugdagi bir necha reklama bannerlari uchun suratga tushgan.

Mus markazdagi yagona it-terapevt emas, uning yana uchta to‘rt oyoqli hamkasbi bor. Itning egasi o‘z navbatida professional psixoterapevt va loyiha koordinatori hisoblanadi.