• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Koinot

    Quyoshga eng yaqin sayyora. 3-avgust – Messenger kosmik stansiyasi Merkuriyga uchirilgan kun

    Merkuriy Quyoshga eng yaqin sayyora bo‘lib, eng kam o‘rganilgan, nisbatan oz tadqiq qilingan osmon jismi hisoblanadi. Uning yulduzimizga o‘ta yaqinligi uchun bu yo‘nalishda avtomat kosmik stansiyalarni uchirish ancha mushkul, u joylashgan hududda Quyosh gravitatsiyasi va Quyosh shamoli hamda magnit maydoni ta’siri shu qadar kattaki, Merkuriy tomon yo‘l olgan apparatlarning orbitasini muntazam sozlashga qaratilgan muttasil murakkab manyovrlar qilib turish kerak bo‘ladi. “Daryo” NASA tomonidan Merkuriyga maxsus avtomat kosmik stansiya – Messenger apparati uchirilgan kun munosabati bilan qiziqarli faktlarni havola etadi. 

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Merkuriydagi Quyosh nurlanishlari quvvati Yerdagidan 11 karra kuchlidir. Shu sababli ham kosmik era 60-yillardayoq boshlangan bo‘lsa-da, Merkuriyni mufassalroq o‘rganishga qaratilgan birinchi alohida missiya faqat 2004-yilda yo‘llangan xolos. Bungacha esa ushbu eng kichik sayyoraga faqat 1974-yilda “Mariner-10” kosmik apparati yaqinlashishga muvaffaq bo‘lgan edi va u ham shunchaki sayyora yaqinidan uchib o‘tish asnosida Merkuriyning juda xira va sifatsiz suratlarini jo‘natgan xolos.

    Shunga ko‘ra, Merkuriy haqidagi ma’lumot faqat Yerdan turib kuzatish va taxminiy hisob-kitoblarga asoslanardi. Masalan, XXI asr boshigacha, ya’ni Messenger avtomat kosmik stansiyasi uchirilmaguniga qadar bu sayyoraning kimyoviy tuzilishi hamda relyefi haqida aniq ma’lumot bo‘lmagan. “Mariner-10” yuborgan rasmlar esa sifatsiz bo‘lishi bilan birgalikda Merkuriy sirtining yarmini ham qamrab olmagan edi.

    Shu kabi ilmiy jihatdan muhim ma’lumotlarni yig‘ish va o‘rganish uchun NASA tomonidan 2004-yilning 3-avgust sanasida Merkuriy tomon maxsus avtomat kosmik stansiya – Messenger apparati uchirildi. Apparat nomi, aslida, Mercury Surface, Space Environment, Geochemistry and Ranging so‘zlarining bosh bo‘g‘inlaridan yasalgan bo‘lib, yakunda ingliz tilidagi “xabarchi” ma’nosi beruvchi Messenger so‘zi hosil bo‘lgan.

    Messenger’ni Kanaveral burnidagi kosmodromdan Delta eltuvchi raketasi vositasida uchirilgan. Apparatning start vaqtidagi vazni 1 100 kilogramm bo‘lib, shundan yarmidan ko‘pini yoqilg‘i tashkil qilar edi. Apparat Quyoshdan keladigan kuchli issiqlik nurlanishlaridan himoyalanishi uchun uning Quyoshga yuzlanadigan tarafiga ko‘p qatlamli termoizolyatsion material qoplangan, shuningdek, issiqlikni doimiy chiqarib turish uchun radiator quvurlaridan foydalanilgan.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Messenger apparati ikki tarafidan qanot singari chiqib turadigan quyosh panellaridan energiya olib ishlagan bo‘lsa-da, lekin uning manyovr qilishi va tormozlanishi singari harakatlari uchun kerakli tayanchni gidrazin va azot tetraoksidi asosidagi yoqilg‘ida ishlovchi dvigatel ta’minlab bergan.

    Messenger maxsus ilmiy dasturlangan kameralar, rentgen, plazma hamda gamma spektrometrlari, atmosferani tadqiq qilish uchun maxsus alohida spektrometr, lazerli balandlik o‘lchagich hamda magnitometr singari asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Ularning har biriga maxsus vazifa biriktirilgan bo‘lib, umumiy rejaga ko‘ra, Messenger ushbu texnik vositalar yordamida Merkuriyning kimyoviy tuzilishi, sirtining relyefi va topografik xaritasi, magnit anomaliyalari, atmosferasidagi zaryadlangan zarrachalarning harakati va tarkibi singari muhim ma’lumotlarni yig‘ishga dasturlangan.

    Qizig‘i shundaki, Merkuriy Plutonga qaraganda Yerga juda yaqin bo‘lishiga qaramay, Merkuriygacha parvoz Plutongacha parvozdan atigi uch yilga qisqa vaqtni oladi xolos. Yaqqolroq tasavvur qilishingiz uchun aniq raqamlarni keltirsam: Yer va Merkuriy orasi o‘rtacha 92 million kilometr keladi; Yer va Pluton orasi esa 5 milliard 750 million kilometr. Endi tasavvur qiling, Merkuriyga ushbu apparat olti yarim yilda yetib borgan. Plutonga esa shunga o‘xshash boshqa apparat 9 yilda yetib borgan!

    Bu Plutonga uchgan apparat (New Horizons) texnik jihatdan ilg‘orroq ekani bilan bog‘liq emas. Buning sababi, Merkuriyga yetib borish juda murakkab traektoriya va gravitatsion manyovrlarni bajarishni talab qilishi bilan bog‘liq. Hatto hozirda ham ushbu sayyoraga to‘g‘ridan to‘g‘ri uchib bora oladigan apparat mavjud emas va Messenger ham yo‘l-yo‘lakay avvaliga Yerning o‘zining atrofida, keyin esa ikki marta Venera atrofida gravitatsion manyovr qilishiga to‘g‘ri kelgan.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Umumiy hisobda apparat Merkuriyga yetib borib, barqaror ishlay boshlashi uchun naq olti bora shunday murakkab gravitatsion manyovr qilishiga to‘g‘ri kelgan. U birinchi marta 2008-yilda Merkuriyga ikki bora yaqin borishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lsa-da, lekin bu yaqinlashish apparatning barqaror ishlay boshlashi uchun yetarli bo‘lmagan. U sayyora yaqinidan uchib o‘tib, yana qaytgan va keyinchalik 2009-yilda yana bir bora shunday manyovrni bajarib, olislashib ketgan. Faqat 2011-yilning 17-mart sanasiga kelibgina Messenger Merkuriy orbitasida tormozlandi va o‘zining belgilangan ilmiy missiyalarini bajarishga kirishdi.

    Avvaliga Messenger’ning ishlash davomiyligi atiga bir yil deb rejalashtirilgan edi. Ya’ni mutaxassislar u bilan 2012-yilning 17-martigacha ishlashni ko‘zga tutgan edi. Biroq resurslar zaxirasi yetarli bo‘lgani uchun apparat ishlashda davom etdi va uning ilmiy missiyasi biroz kengaytirildi. Unga endi Quyosh faolligining ortishi ta’sirida Merkuriyda qanday o‘zgarishlar yuzaga kelishini kuzatish vazifasi ham yuklandi.

    Butun ish faoliyati davomida Messenger 277 mingdan ziyod suratlarni Yerga yubordi (aslida 75 mingta surat olinishiga umid qilingandi). Relyef va topografiya anchayin mukammal taqiq qilindi va sayyorada jarliklar, daralar mavjudligi aniqlandi. Shuningdek, apparatning neytrino detektori Merkuriy atmosferasida Yerda uchramaydigan hodisa – yuqori energetik neytrino mavjud bo‘lishini aniqladi va bu narsa Quyoshdagi chaqnashlar tufayli yuzaga kelishi tasdiqlandi. Shuningdek, Merkuriy magnitosferasi Quyosh shamoli bilan kuchli o‘zaro ta’sirlashishi ma’lum bo‘ldi.

    Shunday qilib, bir yil ishlashi reja qilingan apparat Merkuriy orbitasida yana to‘rt yil barqaror ishlab berdi. Uning yoqilg‘isi tugagani 2014-yilning oxirida ma’lum bo‘ldi. Yoqilg‘i tamom bo‘lgandan keyin apparat Quyosh va Merkuriyning kuchli o‘zaro tortishishi o‘rtasidagi rezonans sabab o‘z barqaror orbitasidan keskin og‘a boshladi va rostlanish, tormozlanish manyovrlarini bajara olmay qoldi. Oxir oqibat, 2015-yilning 30-aprel sanasida NASA Messenger missiyasining yakunlanganini e’lon qildi. U Merkuriy sirtiga qulab, pachoqlanib ketdi.

    Muzaffar Qosimov tayyorladi.

    03.08.2020, 17:51   Izoh (0)   25466
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Video: Crew Dragon kosmik kemasi Yerga kelib qo‘ndi

    03.08.2020, 09:35

    Xitoy GPS raqobatchisi hisoblanuvchi Beidou-3 navigatsiya tizimini ishga tushirdi

    31.07.2020, 20:29

    AQSh yangi Perseverance marsoxodini uchirdi. U Marsning o‘tmishdagi hayot izlarini qidiradi (video)

    31.07.2020, 11:12

    Yerga kattaligi 190 metrgacha bo‘lgan asteroid yaqinlashmoqda – NASA

    28.07.2020, 16:43

    Astronomlar kamyob kosmik falokatni qayd etdi

    25.07.2020, 19:35

    Xitoy Marsga o‘zining birinchi missiyasini uchirdi (video)

    23.07.2020, 13:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.