Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukraina poytaxti Kiyev shahri politsiyasi “Leonardo” biznes markazidagi “Universalbank” bo‘limida bomba portlatish bilan tahdid qilgan erkak bilan muzokara olib bormoqda. Bu haqda Ukraina ichki ishlar vazirning birinchi o‘rinbosari Anton Gerashenko ma’lum qildi, deb yozmoqda Meduza.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Xabar berilishicha, 3-avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:00 atrofida bankka yoshi 35 lar atrofidagi erkak kirgan. U sumkasida bomba borligini aytgan va politsiyani chaqirishni so‘ragan. Bank xodimlari binoni tark etgan, bank bo‘limi boshlig‘i u yerda qolgan.

“RIA Novosti”ning yozishicha, Anton Gerashenko bank bo‘limini portlatish bilan tahdid qilgan erkak O‘zbekiston fuqarosi ekanligini ma’lum qilgan.

“Biz bu Ukraina fuqaro emasligini bilamiz, u O‘zbekiston fuqarosi”, — deya ma’lum qilgan Gerashenko.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jinoyatchi o‘z oyog‘iga sim bog‘lab olgan, sim esa uning sumkasiga boradi va to‘g‘ridan to‘g‘ri portlovchi qurilmaga ulangan.

Eslatib o‘tamiz, 21-iyul kuni Ukrainaning Lutsk shahrida qurollangan erkak salonida taxminan 20 kishi bo‘lgan avtobusni garovga olgandi. Olib borilgan operatsiya natijasida erkak qo‘lga olingan, garovdagilar ozod etilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Shimoliy Koreya “josus” sun’iy yo‘ldoshini uchirish sanasini e’lon qildi
Mahalliy
Xalq demokratik partiyasi O‘zbekiston prezidentligiga nomzod va uning dasturini tasdiqladi
Maslahatlar
Raqamli detoks: gadjetlar ta’sirini kamaytirishga yordam beradigan 7 ta maslahat