• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Mahalla vazirligi rasmiysi Prezident farmoni bo‘yicha muhtojlarga pul hali tarqatilmaganini ma’lum qildi

    Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda 2020-yil 30-iyuldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoya va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni bo‘yicha pul mablag‘lari tarqatilgani, biroq ehtiyojmand bo‘lishiga qaramay, murojaatchilardan birining oilasiga pul berilmagani yuzasidan savolga javob qaytardi.

    Saodat Boymirzayeva

    Saodat Boymirzayeva
    Foto: “Daryo”

    “Hurmatli yurtdoshlar, ushbu farmon bo‘yicha nazarda tutilgan pul mablag‘lari hali tarqatilgani yo‘q. Bu borada tegishli ro‘yxatlar qayta ko‘rib chiqilmoqda, aholining ehtiyojmandlik darajasi aniqlanmoqda. Siz nazarda tutgan pul mablag‘lari Koronavirus pandemiyasi davrida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 29-iyuldagi 346-F-sonli farmoyishi asosida tarqatildi.

    Savolingizdan kelib chiqsak, siz o‘zingiz yashaydigan mahallaga murojaat qilishingiz kerak. Murojaatingiz ko‘rib chiqilib, sizga yordam ko‘rsatiladi yoki asosli tarzda xulosa beriladi”, – degan Boymirzayeva.

    Brifingda mahalla raisi bir marta saylansa, o‘n yillab ishlab yuraverishi haqidagi savolga ham javob berilgan.

    “Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari mahalla raislarini to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘shatish vakolatiga ega emas.

    Zero, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risidagi qonunning 4-moddasida belgilab qo‘yilganidek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.

    Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi mahallalarni qo‘llab-quvvatlaydi, ularning samarali faoliyat olib borishiga ko‘maklashadi. O‘z faoliyatiga nomunosib deb topilgan mahalla raislari haqida fuqarolar yig‘ini kengashiga tavsiya berishi mumkin.

    Mahalla raisi saylanadi, uni xalq saylaydi. Xalq tomonidan ishonch bildirilib saylangan rais o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashmayotgan ekan, aholining o‘zi ularning faoliyatiga baho berishi kerak. Mahalla faoliyatiga befarq bo‘lmagan fuqaro o‘z mahallasi raisi faoliyati bo‘yicha bemalol fuqarolar yig‘ini bilan maslahatlashib qonuniy baho berishi mumkin.

    Ushbu qonunning 24-moddasiga ko‘ra, Fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatiladi:

    • u o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilganda;
    • fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) umumqabul qilingan axloq, odob normalarini qo‘pol ravishda buzuvchi, rais (oqsoqol) maqomini badnom qiluvchi va fuqarolar yig‘ini obro‘siga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar va nojo‘ya ishlar sodir etgan, shuningdek o‘z vazifalarini muntazam ravishda uzrli sabablarsiz bajarmagan taqdirda fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) tomonidan qaror qabul qilinganda;
    • u belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
    • unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
    • u sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida bedarak yo‘qolgan deb topilgan yoxud vafot etgan deb e’lon qilinganda;
    • u O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganda;
    • u sog‘lig‘i holati yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra uch oy davomida o‘z vazifalarini bajara olmay qolganda;
    • u vafot etganda.
    Xabaringiz bor, 2019-yil may oyida mahalla fuqarolar yig‘ini raislari saylovi bo‘lib o‘tgan. Oradan 1 yildan ortiq vaqt o‘tdi va ushbu davrda 501 nafar mahalla raisi ishdan bo‘shagan. Shundan 394 nafari o‘z xohishiga ko‘ra, 16 nafari hokimiyat yoki boshqa idoralar tavsiyasiga ko‘ra, 6 nafari xizmat vazifasini suiiste’mol qilgani uchun, 65 nafari boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan ishdan bo‘shagan. 26 nafari vafot etgan.

    2020-yilda 283 nafar fuqarolar yig‘inlari raisi ishdan bo‘shagan”, – deya savolga javob bergan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi axborot xizmati rahbari.

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-iyul kuni “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzolagan. Farmonga ko‘ra, pandemiya sharoitida moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning ro‘yxatlariga (“temir daftar”ga) kiritilgan va a’zolari 1,7 million nafardan ortiq bo‘lgan 400 mingdan ko‘proq oilaga respublika budjetidan bir martalik moddiy yordam puli berilishi ko‘zda tutilgan.

    Shuningdek, 30-iyulda O‘zbekiston hukumatning tegishli farmoyishiga asosan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy yordam tarqatilgan.

    1-avgust kuni tushdan keyin Toshkent shahar Sergeli tumanida aholi vakillari tuman hokimligi binosi atrofida to‘plandi. To‘planganlar O‘zbekistonda ehtiyojmand oilalar uchun 30-iyundan boshlab berilayotgan naqd pul shaklidagi mablag‘larning mas’ullar tomonidan to‘g‘ri taqsimlanmagani davosi, shuningdek, mablag‘lar taqsimlanishidagi ayrim tushunmovchiliklar sabab norozilik bildirgan. Toshkentning Sergeli tumani “Humo” mahallasida naqd pul shaklidagi bir martalik yordam puli masalasida mahalla aholisi va ma’muriyati o‘rtasida yuzaga kelgan ziddiyatli holat aks etgan videoyozuv tarqalgan. Ushbu mojaro sabab Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev mahallaga borib aholi bilan uchrashgan va u pul olishi kerak bo‘lganlar ro‘yxatini aholining o‘zi tuzib berishini taklif qilgan.

    Bunday holat Toshkentdan tashqari Xorazmda ham kuzatilgan. Tegishli videoda aholiga 1 million so‘m o‘rniga 700 ming so‘m tarqatilyotgani, agar shunga rozi bo‘lishmasa keyingi yordam pulini bermaslik bilan tahdid qilingani aytilgan. Mahalla vazirligi bu kabi voqealarga javoban hech qanday xavotirga o‘rin yo‘qligini bildirgan.

    02.08.2020, 06:22   Izoh (0)   7292
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 1-avgust kuni 774 kishida koronavirus aniqlanib, antirekord yangilandi. Yetti kishi vafot etgani ma’lum bo‘ldi

    02.08.2020, 00:40

    Toshkentda 193 kishida koronavirus qayd etildi. O‘zbekiston bo‘yicha kasallanganlar soni 24 783 kishiga yetdi

    01.08.2020, 23:42

    O‘zbekistonda 835 kishi koronavirusdan tuzaldi. Ketma-ket 6-kun sog‘ayish bo‘yicha rekord yangilanmoqda

    01.08.2020, 23:29

    Toshkentda koronavirusga chalingan 64 va 67 yoshli erkaklar Zangiotadagi shifoxonada vafot etdi

    01.08.2020, 23:10

    Toshkent shahar hokimi Sergeli tumani “Humo” mahallasida yordam puli tarqatishda kelib chiqqan mojaro sabab, u yerga borib aholi bilan uchrashdi

    01.08.2020, 22:54

    Samarqandda ariq ustidagi temir panjara orasiga oyog‘i kirib qolgan 9 yoshli qiz qutqarib olindi (video)

    01.08.2020, 22:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Kalmar o‘yini” yulduzi Xo Son Txe rus tilida kuyladi

    Layfstayl | 12 iyul, 13:40

    Give me Sport. “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogarlar nomi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 12 iyul, 13:16

    Irim sababli emas: nima uchun uydagi o‘rgimchakni o‘ldirish tavsiya etilmaydi?

    Layfstayl | 12 iyul, 12:35

    Iroqdagi Kurdiston ishchilar partiyasi a’zolari Turkiya bilan kelishish uchun o‘z qurollarini yoqib yubordi

    Dunyo | 12 iyul, 12:20

    Marlon Tapales Naoya Inoue va Murodjon Ahmadaliyev o‘rtasidagi jang oldidan yaponiyalik bokschiga yordam beradi

    Sport | 12 iyul, 12:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.