“Arsenal” Angliya Kubogi final o‘yinida “Chelsi”ni mag‘lub etib (2:1), musobaqa bosh sovriniga ega chiqdi.

Foto: Twitter

Ushbu g‘alabadan so‘ng “to‘pchilar” 29-avgust kuni “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tadigan Angliya Superkubogida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

Mazkur bellashuvda “Arsenal”ga 30 yillik tanaffusdan keyin ilk bor Angliya chempioniga aylangan “Liverpul” qarshilik qiladi.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!